Germaniya jahon chempioni bo'lsa futbolchilar 300 ming evrodan olishadi
29 noy 2013 17:16
Yangiliklar


Germaniya jahon chempioni bo'lsa futbolchilar 300 ming evrodan olishadi
Germaniya terma jamoasi menejmenti futbolchilar bilan jahon chempionatidagi ishtirok uchun ajratiladigan pul miqdori borasida kelishib oldi.
Nemis matbuotining malum qilishicha, Agar Yoaxim Lyov jamoasi Braziliyada bo'lajak mundial chorak finaligacha etib bora olishmasa, bir cent ham olishmaydi. CHorak final yo'llanmasi esa har bir futbolchiga 50 ming evrodan keltiradi. Yarim finalga chiqa olgan taqdirda ularga 100 ming evrodan taqdim etiladi. Final ishtirokchisiga aylanish futbolchilar hisob raqamlaridagi pullar miqdori 250 ming funtga boyishini taminlaydi. Agarda Germaniya ushbu mundial g'olibi bo'lsa, u holda har bir futbolchi 300 ming evrodan oladi.
Eslatib o'tamiz, 2010 yildagi jahon chempionatidagi g'alaba uchun mukofot puli 250 ming evroni tashkil qilgandi.
Eslatib o'tamiz, 2010 yildagi jahon chempionatidagi g'alaba uchun mukofot puli 250 ming evroni tashkil qilgandi.

Fikrlar