So’nggi yangiliklar

02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  0 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  0 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  2 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  2 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  4 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  0 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  0 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  6 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  1 22:38Бу даҳшат! Россия футболида рекорд қўйилди  3 22:01"Турли мамлакатлардан бўлган ҳакамлар битта вазиятни турлича кўришади". Ҳакамлик бўйича ФИФА инструктори Фарҳод Абдуллаев билан катта интервью  1 21:50Алексей Естафеев: "Биринчи бўлимда ҳушёрликни йўқотиб қўйдик"  1 21:47Анвар Бердиев: "Осон ўтмаган ўйинда ғалабага эришдик"  1 21:25Мартинес "Астон Вилла" билан шартнома имзолади  1 21:06БУМ! Роналду YouTube'да канал очди ва рекорд қўйди  3

Germaniya to'rt karra Jahon chempioni! Yangiliklar

Germaniya to'rt karra Jahon chempioni!

Braziliyadagi Jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Finalda Argentina terma jamoasini qo'shimcha bo'limlarda urilgan gol tufayli Germaniya terma jamoasi to'rtinchi marta Jahonda tengsiz bo'ldi.

21-daqiqada himoyachi tomonidan tashlab berilgan to'pni Iguain darvozaga yo'llay olmadi! Birga bir vaziyat edi. 29-daqiqada Iguain o'yindan tashqari holatda turib gol urdi, hakamlar bu golni inobatga olishmadi.

37-daqiqada chap qanotdan oshirilgan to'pni SHyurlle darvozaga yo'lladi, aniq va kuchli zarbadan so'ng Romero o'zini ko'rsatdi.



42-daqiqada Maskeranoning xatosidan so'ng nemislar oldinga o'tishdi. Ozil ajoyib harakat bilan to'pni Kroosga oshirdi, Tonining zarbasi aniq chiqdi, lekin Romero bekorga darvozada turgani yo'q. Bo'lim so'nggida burchakdan uzatilgan to'pni Xovedes boshi bilan darvozaga zarba berdi, ustun Argentinani qutqardi.

Ikkinchi bo'lim boshida himoyachilardan qochib ketgan Messi birga bir vaziyatdan darvozaga aniq zarba bera olmadi. Asosiy vaqtda hech bir jamoa gol ura olmadi.



Qo'shimcha bo'lim boshida SHyurllening zarbasidan so'ng darvozbon jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 97-daqiqada Palasio to'pni Noyerning ustidan tashladi, ammo to'p darvozaga bormadi!

112-daqiqada SHyurlle chap qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Gyotce bu erda to'pni havoda to'xtatib erga tushurmay darvozani ishg'ol qildi - 1:0.

SHunday qilib Germaniya Janubiy Amerikada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida g'olib bo'lgan birinchi Evropa jamoasiga aylandi. 



JCH-2014. Final
GERMANIYA - ARGENTINA 1:0
13 iyul. 23:55
Rio-De-Janeyro. “Marakana” stadioni.
Bosh hakam:
Nikola Riccoli (Italiya)
GOL: Gyotce 112.
Germaniya: Noyer, Lam, Boateng, Xummels, Xevedes, Kramer (SHyurlle, 30), SHvaynshtayger, Myuller, Kroos, Ozil (Mertesaker, 120), Kloze (Gyotce, 87)

Argentina: Romero, Sabaleta, Demikelis, Garay, Roxo, Maskerano, Bigliya, Peres (Gago, 86), Messi, Lavessi (Aguero, 46), Iguain (Palasio, 78)

Ogohlantirishlar: SHvaynshtayger 29, Xovedes 33, Maskerano 65, Aguero 66

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика