Germaniya TJ oxirgi 10 o'yinda 6-marotaba durang o'ynadi
28 noy 2022 08:40
Yangiliklar


Germaniya TJ oxirgi 10 o'yinda 6-marotaba durang o'ynadi
JCH-2022 guruh bosqich 2-turida Germaniya termasi Ispaniya bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Xans-Diter Flik shogirdlari oxirgi 10 uchrashuvda 6-marotaba raqib bilan murosa yo'lini tanladi. SHuningdek, 2 bor mag'lub bo'ldi (JCH-2022, Yaponiya 1:2; Millatlar Ligasi, Vengriya 0:1) va atigi ikki uchrashuvda muvaffaqiyatga erishdi (O'rtoqlik o'yini, Ummon 1:0; Millatlar Ligasi, Italiya 5:2).
O'ziga o'xshamayotgan “nemis mashinasi” mundialdagi oxirgi tur uchrashuvini 1 dekabr kuni Kosta-Rikaga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar