Germaniya TJ mundiallardagi antirekordini qayd etdi
28 noy 2022 09:10
Yangiliklar
Germaniya TJ mundiallardagi antirekordini qayd etdi
JCH-2022 guruh bosqich 2-turida Germaniya termasi 1:1 hisobida Ispaniya bilan durang o'ynadi.
Xans-Diter Flik shogirdlari uchrashuv davomida to'pga 35,8 foiz hisobida egalik qilishdi. Bu terma jamoaning mazkur musobaqadagi eng yomon ko'rsatkichi hisoblanadi. SHu kabi statistika 1966 yildan beri hisoblab kelinadi.
Ispanlar bilan o'yinga qadar Germaniya TJning bu boradagi antirekordi 1986 yil Meksikadagi JCHda Marokashga qarshi (1:0, 39 foiz egalik qilgan) o'yinda qayd etilgandi.
Eslatib o'tamiz, “nemis mashinasi” guruhdagi 3-tur bahsini 1 dekabr kuni Kosta-Rikaga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar