Germaniya termasi muxlislardan kechirim so'radi

Mirjalol Normatov
28 iyun 2018, 12:27
Germaniya termasi matbuot xizmati Janubiy Koreyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin muxlislardan kechirim so'radi.

"Aziz muxlislar! Biz ham siz kabi qattiq afsusdamiz! Jahon chempionati to'rt yilda bir marta o'tkaziladi va bunga katta rejalar bilan borgandik. Biz amaldagi jahon chempionlari kabi o'ynay olmadik. Chiqib ketganimiz yoqimsiz bo'ldi, biroq bunga loyiq edik.

Sizning Germaniyadan, stadiondan qo'llab-quvvatlashingiz bizga kuch berdi. 2014 yilda birgalikda chempionlikni nishonlagandik. Biroq sportda mag'lubiyatlar birga bo'ladi.

Shvetsiya va Meksikani keyingi bosqichga chiqqani, Janubiy Koreyani g'alaba bilan tabriklaymiz. Rossiyaga mehmondo'stlik uchun minnatdorlik bildiramiz", - deb yoziladi rasmiy bayonotda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sports.ru