So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Germaniya terma jamoasining JCH-2018dagi muvaffaqiyatsizligiga yana bir sabab topildi Yangiliklar

Germaniya terma jamoasining JCH-2018dagi muvaffaqiyatsizligiga yana bir sabab topildi

Germaniya terma jamoasining JCH-2018dagi muvaffaqiyatsizligiga yana bir sabab jamoa ichidagi kelishmovchilik bo'lgan.

Malumotlarga ko'ra, nemis jamoasi Rossiyadagi mundialda ikkiga bo'linib olgan ekan. Birinchisida kelib chiqishi boshqa mamlakatdan bo'lgan futbolchilar Jerom Boateng, Mesut Ozil va Ilkay Gyundogan bo'lgan. Ikkinchisida esa haqiqiy nemislar: Tomas Myuller, Mats Xummels va boshqalar. Birinchi guruhdagilar narigi guruhni "kartoshka" deb atashgan, bu kulgili nomni turklar nemislarga nisbatan ishlatadi. Ikkinchi guruhdagilar "chet elliklar"ga "kanake" deb nom qo'yishgan. Nemislar kelib chiqishi boshqa mamlakatdan bo'lganlarni "kanake" (haqoratli so'z) deyishadi.

Myuller jamoadoshlarining o'zini tutishi, suhbatlashishi va hayot tarzi ustidan kulgan. Germaniya terma jamoasining chet ellik vakillari rep-musiqa eshitishadi, qimmatbaho buyumlar va sport mashinalarini yoqtirishadi, nemislar esa sokinroq hayot tarzini maqul ko'rishadi.

Ikkala guruh ham jamoa bosh murabbiyi Yoaxim Lyov harakatlaridan norozi bo'lishgan. "CHet elliklar"ga Leroy Sane, nemislarga esa Sandro Vagner mundialga bormagani yoqmagan.

Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi tarixda birinchi marta guruh bosqichini muvaffaqiyatsiz yakunladi.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика