Germaniya Flik qo'l ostida qatorasiga 6-g'alabasini qo'lga kiritdi, to'plar farqi – 27:1
12 noy 2021 03:09
Yangiliklar
Germaniya Flik qo'l ostida qatorasiga 6-g'alabasini qo'lga kiritdi, to'plar farqi – 27:1
JCH-2022 saralashi doirasida Evropa qitasida bugungi kun dasturidagi o'yinlar yakunlandi.
Germaniya Lixtenshteyn termasi ustidan g'alaba qozondi (9:0).
Xans-Diter Flik boshchiligidagi nemislar barcha 6 uchrashuvda zafar quchishdi. Bu o'yinlarda Germaniya 27 ta gol urdi va 1 tagina to'p o'tkazib yubordi.
Germaniya terma jamoasi guruhda 1-o'rinni va JCH-2022 yo'llanmasini kafolatlab qo'ydi. Saralashning 9 uchrashuvidan keyin jamoa hisobida 24 ochko mavjud.
Fikrlar