Germaniya darvozaboni terma jamoaga chaqiruvdan bosh tortdi
09 okt 12:55
Yangiliklar
Germaniya darvozaboni terma jamoaga chaqiruvdan bosh tortdi
"Fulxem" posboni Bernd Leno Germaniya terma jamoasiga oktyabr oyida bo'lib o'tadigan Millatlar Ligasi o'yinlariga chaqiruvni rad etdi.
Futbolchi Londonda qolishga qaror qildi.
“Menga terma jamoada bo'lishim, ammo o'yinlarda qatnashmasligimni aytishgandi. SHu munosabat bilan Londonda qolib, mashg'ulotlarni davom ettirishga qaror qildim.
Lekin Germaniya terma jamoasida o'ynash – men uchun sharaf. Bu mening maqsadim bo'lib qoladi", – dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Leno so'nggi bor Germaniya terma jamoasida 2021 yil sentyabr oyida o'ynagan. Umuman olganda, 32 yoshli darvozabon terma jamoa safida 9 o'yin o'tkazgan.
Germaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida Bosniya va Gercegovina (11 oktyabr) va Niderlandiya (14 oktyabr)ga qarshi o'yinlar o'tkazadi. Bundestimning bo'lajak uchrashuvlar uchun qaydnomasi avvalroq elon qilingan edi.
Fikrlar