Germaniya chempionati. “Borussiya” g'alabani qo'ldan chiqardi

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2017, 23:58
Germaniya chempionatining 18-turida Dortmundning “Borussiya”si safarda bir ochko bilan cheklandi.

Tomas Tuxel shogirdlari 3-daqiqadayoq Marko Roysning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo o'yin tugashiga etti daqiqa qolganda mezbonlar a'zosi Latca dortmundliklar darvozasini ishg'ol etdi – 1:1.

Germaniya chempionati, 18-tur.

Maync - Borussiya (Dortmund) – 1:1 (0:1)

Gollar: Latca 83 – Roys 3.

Maync: Lessl, Bungert, Brozinski, Donati, Bell, Fray (Zeydel 69), Latca, Xayro, Oztunali, Gbamen (Ramalo 62), Muto (De Blasis 74).

Borussiya: Byurki, Papastatopulos, Pishhek, Shmelcer, Ginter, Gerreyru (Getce 66), Kastro (Pulishich 86), Shyurrle, Roys, Vaygl, Obameyang (Dembele 72).

Ogohlantirish: Gbamen 54, Xayro 75, Shyurrle 75. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia