GERMANIYA - ARGENTINA 1:0. MATNLI TRANSLYACIYA
14 iyu 2014 02:18
Yangiliklar
GERMANIYA - ARGENTINA 1:0. MATNLI TRANSLYACIYA
JCH-2014 finali doirasidagi Germaniya va Argentina o'rtasidagi o'yinning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
JCH-2014. Final
GERMANIYA - ARGENTINA 1:0
13 iyul. 23:55
Rio-De-Janeyro. “Marakana” stadioni.
Bosh hakam: Nikola Riccoli (Italiya)
GOL: Gyotce 112.
Germaniya: Noyer, Lam, Boateng, Xummels, Xevedes, Kramer (SHyurlle, 30), SHvaynshtayger, Myuller, Kroos, Ozil (Mertesaker, 120), Kloze (Gyotce, 87)
Argentina: Romero, Sabaleta, Demikelis, Garay, Roxo, Maskerano, Bigliya, Peres (Gago, 86), Messi, Lavessi (Aguero, 46), Iguain (Palasio, 78)
Ogohlantirishlar: SHvaynshtayger 29, Xovedes 33, Maskerano 65, Aguero 66
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
1 oy davomida SA bilan birga mundialni kuzatib borgan muxlislar terma jamoasiga ham rahmat deymiz! Sizlar eng zo'risizlar!
BO'LDI TUGADI GERMANIYA JAHON CHEMPIONI! Germaniya chempion! Germaniya to'rt karra Jahon chempioni! Barcha muxlislarni tabriklaymiz! Germaniya bunga haqli edi, to'la haqli ekanligini finalda ham ko'rsatishdi va gol urib g'olib chiqishdi. Argentina muxlislariga ega sabr tilaymiz, ular finalga qadar etib kelishdi, bazi jamoalar bu erga ham etib kela olishmadi. SHuni unutmang
120+2. Messi! Zarba, osmongaaaaaa! Ossim zarba bo'lmadi bugun Messidan!
120+1. SHvaynshtayger Messini yiqitdi, jarima to'pi. Argentina uchun so'nggi imkon.
120. Ikki daqiqadan so'ng o'yin tugaydi
120. Germaniyalik muxlislar bayramni boshlashdi. Omonyor o'ynasangchiey omonyor belingni bog'lasangichey omonyor!
120. O'zgarish. Germaniya. Ozil o'rniga Mertesaker tushdi
119. MYULLER!!! Nima bu? Jarima maydoniga kirib borib o'tkir burchakdan g'alati zarba, na pas na zarba.
118. Barcha oldinga! Argentina jarima to'piga ega bo'ldi, Noyer to'pni egallab olib pauza qilib to'pni sheriklariga oshirib bermoqda
117. Messsiiii! Boshi bilan! Boshi bilan zarba berdi! Noaniq
116. Noyer! To'pni raqibdan ajoyib tarzda olib qo'ydi. Argentina endi shoshmoqda. SHunaqa vaqtida gol urmaslik shunday oqibatlarga olib keladi
114. Argentinalik muxlislar shokda! CHempionlik qo'ldan ketmoqda...
113. Bu o'yin taqdirini hal qiladimi? Ko'ramiz. Oz qoldi
112. SHyurlle chap qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Gyotce bu erda to'pni havoda to'xtatib erga tushurmay darvozani ishg'ol qildi - 1:0!
112. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GYOTCEEEEEEEEEEEEEEE! 1:0 La, la la lala lala! Gol gol gol gol!
111. Palasio ochiqchasiga Lamni formasidan tortib qoldi, Germaniya terma jamoasi zaxira o'rindig'idagi futbolchilar Riccoliga qattiqroq jazo berilishini so'rashdi
110. Myuller va Demichelis bosh bilan to'qnashib ketishdi, ular o'yinni davom ettirishadi
109. Malumot uchun o'tgan ikkita jahon chempionati finalida 110-daqiqada qizil kartochka ko'rsatilgan edi... Zidan va Xeytinga
108. Aguero maydon markazida SHvaynshtaygerga nisbatan qo'pol o'ynadi, Riccoli sariq kartochkasi bor bo'lgan Agueroni ayadi. Sababi bu vaziyatda Bastianning ko'zining osti shilinib ketdi va qon oqmoqda
107. Germaniya jarima to'piga ega bo'ldi, himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi
106. So'nggi bo'lim boshlandi!
105. Birinchi qo'shimcha bo'lim tugadi
103. O'yin davom etmoqda. Ikkala jamoa muxlislari umid qilishmoqda, umid qilishda davom etishmoqda
101. Maskareno hozir SHvaynshtaygerga nisbatan qo'pol o'ynadi, juda qo'pol o'ynadi. Riccoli pinagini ham buzmadiey
101. Gol-pol ko'ramizmi yo'qmi bugun
100. O'yinning yuzinchi daqiqasi o'tib bormoqda, yuz daqiqadan buyon bironta gol yo'q
97. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! PALASIO! Noyerni ustidan to'pni tashladi, ammo to'p darvozaga bormadi!
96. Muxlislardan hushtakbozlik futbolchilarga atalmoqda...
94. To'p Germaniyada, Argentina qarshi hujumda o'ynashga intilmoqda
93. Noyer aut tashlamoqda, ham bu darvozabon boshqacha
92. Zarba! Aguero o'tkir burchakdan turib darvozaga g'alati zarba berdi, noaniq
91. ZARBAAAAAAAAAAAA! SHYURLLLLLLLLLLLLEEEEEEEE! ROMEROOOOOOOOOOOOO! Qoyil !!! Germaniyaning hujumchining zarbasidan so'ng darvozbon jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi
90. Qo'shimcha bo'limni Germaniya boshlab berdi.
90+3. Asosiy vaqtda chempionni aniqlashning imkoni bo'lmadi. Demak yana 30 daqiqa final o'yinini tomosha qilamiz. Uxlab qolib armonda qolib ketmang
90+2. Germaniyaning hujumi. Myullerning pasini Maskerano qaytardi. Qarshi hujum. Aguero raqib himoyachisini aldab o'ta olmadi
90+1. Gyotce raqib xatosidan so'ng darvozaga zarba berdi, kuchsiz zarbadan so'ng to'pga Romero ega chiqdi
90. Asosiy vaqtga uch daqiqa qo'shib berildi
89. Asosiy vaqt tugab bormoqda. Yana 30 daqiqa ko'ramiz shekilli. Finalni har qancha tomosha qilsak kam
87. O'zgarish. Germaniya. Afsonaviy Kloze o'rniga Mario Gyotce tushdi. Kloze JCHdagi oxirgi o'yinini o'tkazdi
86. O'zgarish. Argentina. Peres o'rniga Gago tushdi
85. So'nggi daqiqalarda Germaniya tashabbusni o'z qo'liga oldi. Hujumlarni aynan nemislar tashkil etishmoqda
84. Messining to'p uzatishiga Agueroga edi, ammo Serxio maydonga yiqilib tushdi
81. OZIL! Uning zargarona pasidan so'ng Kroos zarba berdi, ammo u kuchsiz va noaniq chiqdi
80. Xavfli vaziyat! Argentina jarima maydoni ichida pala partishlik. Xovedes hozir markaziy hujumchi o'rnida paydo bo'ldi, himoyachilar bir amallab to'pni qaytarishdi
79. Germaniya burchak to'piga ega bo'ldi, Kroosning pasini himoyachilar qaytarishdi.
78. Messi to'pni Palasioga oshirdi, ammo to'pga Messining o'zi intildi, Noyer barchadan chaqqonroq chiqdi
77. O'zgarish. Argentina. Iguain o'rniga Palasio tushdi
76. Boshida kokili bor bo'lgan Palasio maydonga tushishga tayyor
73. Messi! O'ng qanotdan markazga intildi va chap oyog'i bilan zarba berdi, noaniq
72. Eeeeeeeeeeeeee Argentinadan, Braziliyaga muxlis bo'lib kelar bo'ldik Messiiiiiiiiii. Bu argentinalik muxlislar tilidan olindi
71. SHyurleeeeeee! Uning zarbasi regbiga xos bo'ldi. Germaniyalik muxlisalar ham zarbaga umuman tushunishmadi
69. Xavfli vaziyat! SHyurlle sal qolishga sal qoldi. Ammo to'pga eta olmadi u
68. Muxlislar nima deb qo'shiq aytishayotganini topdim: "O'yna o'yna gulpari, yana o'ynadi gulpari" ekan
67. Stadionga yig'ilgan muxlislar hushtakbozlik qilishmoqda, ularning dardi malum. Gol kerak
66. Ogohlantirish. Argentina. Aguero
64. Ogohlantirish. Argentina. Maskerano
63. Aguero burchak to'pini ishlab oldi va uning o'zi noaniq zarba berdi
62. Mana Germaniya o'ziga kelmoqda. Hujumlar! SHyurlle chap qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Ozil hujumchi emasligini ko'rsatdi
60. Lam o'ziga o'xshamayapti. Nozik pas berdi, ammo Myuller uni tushunmadi.
57. KLOZE! O'ng qanotdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, Romero o'z o'rnida
56. Noyer va Iguain jarima maydoni yonida to'qnashib ketishdi, Noyer tizzasi bilan Iguainni nokautga uchratdi. Lekin darvozabonlar aynan mana shunday o'ynashlari mumkin. Noyer oyog'ini qaerga olishi kerak edi?
53. SHyurlle jarima maydoni yonida yiqitildi, ammo to'p Myullerda qolgani uchun hakam o'yinni to'xtatmadi. Burchak to'pidan so'ng Myuller o'yin qoidasini buzdi deb topildi
52. Boateng! Malades! Aguerodan to'pni ajoyib tarzda olib qo'ydi
51. Argentina tavakkal qilib hujumlar qilmoqda, Germaniya esa to'pni o'zida ko'proq saqlab turib o'z vaqtini poylamoqda
50. Toshkentda soat tunggi 1, Braziliyada esa quyosh endi botmoqda...
49. Hozircha bitta narsa malum: O'yinda kim yutishi mutlaqo nomalum
48. ZARBAAAAAAAA! MESSIIII! Qanday vaziyat! Himoyachilardan qochib ketgan Messi birga bir vaziyatdan darvozaga aniq zarba bera olmadi. Bu "ossim" zarba emas
47. Argentina hujumlar bilan boshladi taymni. Iguain ancha faol! O'yindan tashqari holatga ham tushib qoldi u
46. Ikkinchi bo'limga start berildi. Qani "ballar go'l po'l ko'raylik endi"
46. O'zgarish. Argentina. Lavessi o'rniga Aguero tushdi
Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus. 15 daqiqa barchaga ruhsat. Tezda qaytinglar
45+2. DARVOZA USTUNIIIIIIIII! XOVEDES boshi bilan darvozaga zarba berdi, ustun Argentinani qutqardi.
45+1. Kroos burchak to'pini amalga oshirdi, Xummels boshi bilan zarba berdi, Garayga tegib maydonni tark etdi. Kroosdan dubl dva
45. Birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berildi
45. Myullerning oshirgan to'piga Kloze eta olmadi
44. Xash pash deguncha birinchi bo'lim tugab qoldi. Gol pol yo'q hozircha. Tanaffusda choy poy ichib kelinglar. Ikkinchi taymda
42. Xavfli vaziyat! Maskeranoning xatosidan so'ng nemislar oldinga o'tishdi. Ozil ajoyib harakat bilan to'pni Kroosga oshirdi, Tonining zarbasi aniq chiqdi, lekin Romero bekorga darvozada turgani yo'q
41. Myullerni yiqitishdi, hakam bunga etibor qilmadi. SHundan so'ng Tomasning o'zi o'rnidan turib Enco Peres bilan janjallashib ketdi. Riccoli vaziyatni oldini oldi
40. MESIIIIIIII! Nimalar qilmoqda, himoyachini aldab o'tdi, Noyerni aldadi, lekin zarba bera olmadi. Himoyachilar to'pni tepib yuborishdi
39. Ikkala jamoa muxlislari g'alabaga umid qilishmoqda. Kimdir mag'lub bo'lishi aniq, lekin umid qilishmoqda. Bunga haqlari bor. Barchamiz umid qilib yashaylik
37. ZARBAAAAAAAAAA! SHYURLLEEEEEEEEEEE! ROMEROOOOOOOOOO! CHap qanotdan oshirilgan to'pni SHyurlle darvozaga yo'lladi, aniq va kuchli zarbadan so'ng Romero o'zini ko'rsatdi!
36. Lavessi burchak to'pini amalga oshirdi, Noyer mashg'ulotdagidek o'zini tutib to'pni ilib oldi
34. Xavfli vaziyat! Lavessi va Messi bo'sh turgan Iguainga to'pni oshirishga urinishdi, himoyachilar so'nggi soniyada to'pni qaytarishdi
33. Nemislar qo'pol o'ynashmoqda. Xovedes endi sariq oldi. Sabaletaning oyog'iga tashlagani uchun
30. Kramer bosh miyasi chayqalgani tufayli maydonni tark etdi. Uning o'rniga Andre SHyurlle tushdi
29. GOL! Lekin Iguaina o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. Hakamlar aniq ishlashdi!
29. Ogohlantirish. Germaniya. SHvaynshtayger
28. Xavfli vaziyat! Berilgan zarbadani Romero qaytardi, Myuller bu vaziyatda o'yindan tashqari holatda ekan
27. Kloze tomon ajoyib pas oshirildi, biroq Romero o'z ustunligidan foydalanib qo'llari bilan to'pni ushlab oldi
26. Kinolarda qaroqchilarni rolini o'ynasa bo'ladigan Sabelya shogirdlarining harakatlaridan norozi.
25. Germaniyalik muxlislar ole ole ole ni boshlab yuborishdi. Ular o'z seviklilariga ishonishadi
23. Hozircha bitta jamoa yaqqol ustun deya olmaymiz. Lekin bitta gol barchasini o'zgartirib yuborishi mumkin. Gol kerak
21. IGUAINNNNNNNNNNNN! Qanday sovg'a! Himoyachi tomonidan tashlab berilgan to'pni Iguain darvozaga yo'llay olmadi! Birga bir vaziyat edi!
20. "Stadionga yig'ilgan braziliyalik muxlislar "pentakampeonlar" deb hayqirishmoqda. Bu bilan ular o'zlarini ovutishmoqda", - deydi "Marakana" stadionida finalni tomosha qilayotgan hamyurtimiz Abdurahmon Fozilov
19. Sabelya maydonni tark etgan to'pni Lamga olib kelib berdi. Hurmat!
17. Kristof Kramer Garayning elkasi bilan "tanishib ko'rdi". Nokautga uchragan futbolchiga shifokorlar yordam berishdi
16. O'yin finalga xos tarzda davom etmoqda. U qadar yuqori hujumkorlik bilan emas lekin shiddatli
15. Useyn Bolt maydondami? Yo'q bu Enco Peres ekan. Uning chopishi Boltga o'xshashib ketdi.
14. Kroos jarima to'pini amalga oshirdi, nozik to'p uzatishni Sabaleta boshi bilan qaytardi, nemislar asosan havodan o'ynashga urinishmoqda
13. Lamning ajoyib pasidan so'ng Kloze boshi bilan darvozaga zarba bera olmadi, Demichelis himoyada unga xalal berdi
12. Ko'm ko'k formada o'ynayotgan argentinaliklar hujumga etibor qaratishni boshlashdi. SHunaqa o'ynaylar bollar hujumkor shiddatli o'yin ko'raylik. Bir tanishimiz aytganidek "ballar bugun gol-pol ko'raylik"
11. Bigliyaning zarbasi yo'liga Xovedes o'zini qalqon qildi. "Qalqoning o'zim vatan"
10. Mana Argentinaning hujumi. Sabaleta o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, hech kim yo'q
9. Argentina o'z jarim maydoni atrofiga "buyuk xitoy devori"ni qurib oldi. Germaniya katta kuch bilan hujumda
8. Messi! O'ng qanotda to'pni egallab oldi va Xummelsni ortda qoldirib jarima maydoniga kirib bordi. Biroq uning to'p uzatishi noaniq bo'ldi. SHu bilan Argentinaning qarshi hujumi to'xtab qoldi
7. Yana nemislar hujumda. Myuller o'ng qanot yarim himoyachisi rolini bajarmoqda. Uning uzatgan to'pni Romero qiyinchiliksiz egallab oldi.
7. Stadion tinmay hayqirmoqda, final o'yiniga kira olganlar xursand shekilli
6. O'yinni boshqarayotgan Riccoli o'zini tabloda ko'rib qoldi va sochini tarab qo'ydi, bilmadim nega?
5.Germaniyaning hujumi! Myuller o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, himoyachi xavfli qaytardi
4. Xavfli vaziyat! Iguain o'tkir burchakdan darvozaga zarba berdi, noaniq!
4. Germaniya oldindan tayyorlangan zarbani amalga oshirildi, jonli devor to'pni qaytardi
3. Myuller yiqitildi. Roxo uni jarima maydoni yonida yiqitdi. Xavfli jarima to'pi
2. Germaniya hujum bilan boshlashga urindi. To'p uzatish xato chiqdi
- O'YIN BOSHLANDI! KETTIK!
- Germaniya terma jamoasi tarkibida bitta o'zgarish ro'y berdi. CHigalyozdi mashg'ulotlari vaqtida shikastlangan Xedira o'rniga Kristof Kramer tushdi.
- Dastlab Germaniya davlat madhiyasi. Navbat Argentina davlat madhiyasiga...
- Kutib oling Argentina va Germaniya terma jamoalari!
- Finalchilar maydonga tushib kelishga tayyorlar. Tashkilotchilar uyoqdan buyoqqa chopib yurishibdi, hamma narsa o'z vaqtida bo'lishi kerak.
- Endi finalga qaytamiz. Latofatli Jizel Bundxen va ispaniyalik sobiq futbolchi Karles Puyol Jahon kubogini "Marakana" stadioniga olib chiqib barchaga ko'z ko'z etishdi.
- Final o'yini boshlanmasidan oldin muxlislar nomidan rahmat aytmoqchiman. 12 iyun oqshomida boshlangan mundial bugun o'z nihoyasiga etadi. 1 oy davomida saytimiz orqali Jahon chempionati o'yinlarini imkon qadar, qo'ldan kelgancha yoritib bordik. Bu borada mehnat qilganlar nomini keltirib o'tishga ruhsat bergaysizlar: Jahon chempionati yangiliklarini taqdim etishda Jasur Aslanov, Aziz To'xtamurodov jonbozlik ko'rsatishdi. O'zbek futbol jamoatchiligidan mundial haqida fikrlarni Komiljon Ikromov va Islombek Rustambekov berib borishdi. Prevyularni Kamoliddin Alimov va Xayrulla Xoliqov taqdim etishdi. Onlayn translyaciyalarni esa Behzod Nazarov, Tolibjon Qosimov, SHahboz Beg'amov va Narzulla Saydullaev sizlarga taqdim etib borishdi. Bularning bariga saytimiz rahbari Nodirxo'ja Yuldashev bosh qosh bo'ldilar. Mana shu insonlarga sizlarning nomingizdan rahmat aytishga botindim.
- Diqqat savol: Bu uchovlon kim?
- Qani kimda qanday taxminlar bor? Kim chempion bo'ladi? Kommentlarda yozib qoldiring. O'yin haqidagi fikrlaringizni bildiring. Ulardan albatta matnli translyaciya vaqtida foydalanamiz.
- Germaniya va Argentina o'rtasidagi final o'yinini sizlar bilan birga Narzulla Saydullaev kuzatib boradi. Bugun zerikib qolmaysiz, javob)
- Assalomu alaykum qadrli millionlar o'yini oshiqlari. Bugun Jahonning yangi chempioni nomi malum bo'ladi!
- O'yin soat 23:55da boshlanadi.

Fikrlar