Gerkus Belousning Jaloliddinov haqidagi fikriga hazil tariqasida javob qaytardi
18 iyu 2020 21:10
Yangiliklar
Gerkus Belousning Jaloliddinov haqidagi fikriga hazil tariqasida javob qaytardi
Avvalroq, “Lokomotiv” vice-prezidenti Yuriy Belous Jasur Jaloliddinovning iqtidorli futbolchiligini aytib, u kelajakda Joau Mariudan kuchliroq bo'lishini taxmin qilgandi.
Moskvaliklar sobiq bosh direktori Ilya Gerkus esa unga javob qaytardi.
“Ha, albatta. U Joau Mariudan shunchalik kuchliki, xuddi O'zbekiston termasi Portugaliya termasidan kuchli bo'lgani kabi”, deb aytgan Gerkus.
Malumot uchun, Jasurning agenti mashhur futbol funkcioneri Yuriy Belous hisoblanadi va futbolchining transferi moskvalilarga 900 ming evroga tushishi haqida malumot bergandik.
Fikrlar