So’nggi yangiliklar

08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  0 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  9 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1

“Geolog” madaniyat va sport sog'lomlashtirish majmuasiga fotosayohat Yangiliklar

“Geolog” madaniyat va sport sog'lomlashtirish majmuasiga fotosayohat

Qarshida shunday go'zal maskanlar borki, bu erda aholining madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha qulayliklar mujassam etilgan.

Qarshi shahrida joylashgan “Geolog” stadionini hamma biladi, ammo bu erdagi zamonaviy dam olish majmuasi tarkibiga kiruvchi madaniy va sport inshootlari faoliyati bilan unchalik tanish bo'lmasalar kerak. Markaz 2007 yilda tashkil etilgan bo'lib, bu erda olti yoshdan 16 yoshgacha hamda undan katta yoshdagilarning madaniy hordiq chiqarishlari, sport bilan shug'ullanishlari va bilim olishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Markaz xizmatidan hozirgi kunlarda mingdan oshiq yoshu-keksalar foydalanib kelishmoqda. Markazda erkaklar va ayollar fitnes zallari, yilning hamma fasllarida foydalanish imkoni bor suzish suv havzasi (basseyn), Bu erda yil davomida ayollar soati, bolalar soati va umimiy tarzda malakali mutaxasislar nazoratida suzish mashqlari muntazam olib boriladi.

Bundan tashqari o'n ming tomoshabinni o'z bag'riga sig'dira oladigan stadion, jahon standartlari talabiga javob beruvchi manej (futbol zali), “Delfin” nomidagi restoran, yozda madaniy hordiq chiqarish uchun katta ochiq suv havzasi, ushbu sua havzasida cho'milish, katamaran va qayiqlarda sayir qilish hamda har-xil attrakcionlardan foydalanish imkonlari mavjud. Bu majmuada hattoki sohil futboli (plyaj futboli) o'ynash uchun qumli maydon ham bor.

Hozirda majmuadagi kichik sportzallarida milliy kurashdan tashqari bir nechta sharq yakka kurashi sekciyalari faoliyat yuritmoqda, bu erda shug'ullanayotgan yoshlar sportning ushbu turi bo'yicha nafaqat vohamiz, balki mamlakatimiz sharafini ham xalqaro musobaqalarda himoya qilib kelishmoqda.

Majmua qoshida tashkil etilgan informatika, ingliz va rus tillarini o'rganish, shaxmat-shashka, rassomchilik, zardo'zlik uquv to'garaklarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali ustoz va murabbiylar yoshlarga ushbu fan va mashg'ulotlar sirlarini chuqur o'rgatib kelishmoqda.

Bu erda shuningdek bouling sport turi bilan shug'ullanish uchun zamonaviy jihozlangan majmua ham faoliyat yuritmoqda. Bu erda nafaqat shahar aholisi balki shahrimizga tashrif buyurayotgan mehmonlar ham hordiq chiqarishmoqda.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика