So’nggi yangiliklar

01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  1 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  2 01:08Расман: Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди  0 00:41Эрлинг Холанд: "Гвардиола энг яхши мураббий, балки тарихдаги энг зўридир"  0 00:14"Челси"нинг "биллур" футболчиси яна сафдан чиқди  0 23:43Нодир Абдураззоқов: "Энди мавсумни чиройли якунлашимиз ва оғзимиздаги ошни олдириб қўймаслигимиз керак"  5 23:19Хави "Интер Майами" бош мураббийи бўладими? Инсайдерлар маълумот беришди  0 22:49АПЛ клублари сўнгги 10 йилликда трансферлар учун қанча ишлатишди?  0 22:22"Ювентус"га "Челси" футболчиси керак  0 21:57Нико Уильямс болалигидаги кумирлари ким бўлганини айтди  11 21:34Максим Шацких: "Черан, Собирхўжаев борасидаги саволлар менга берилмасин. Бу мавзу ёпилган"  20 20:57Миржалол Қосимов: "Натижадан ҳам ўйиндан ҳам қониқдим"  3 20:36Суперлига. ОКМК "Жар"да "Пахтакор"ни мағлуб қилди  6 20:25"Пахтакор" кумуш медаллар учун курашдан чиқди  13 20:06Суперлига. ОКМК ВАР томонидан 13 дақиқа текширилган ҳамда япониялик футболчи томонидан урилган голлар эвазига 11 йилдан сўнг сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди  62

"Genuyada o'zbek oshxonasi yo'q, bayramni Italiyada kutib olsam kerak, birinchi golimdan keyin u qadar xursand bo'lmadim". Eldor SHomurodov bilan katta intervyu Yangiliklar

"Genuyada o'zbek oshxonasi yo'q, bayramni Italiyada kutib olsam kerak, birinchi golimdan keyin u qadar xursand bo'lmadim". Eldor SHomurodov bilan katta intervyu

O'zbekiston terma jamoasi va Italiyaning "Jenoa" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov bilan maroqli suhbat.

— Eldor, A Seriyadagi birinchi golingiz bilan tabriklayman. Aytingchi, "Parma"ga qarshi bahsdan so'ng nimalar sodir bo'ldi? Nimani his qildingiz?
— O'yindan keyin aytarli yaxshi gap yo'q, sababi biz mag'lub bo'ldik. Kimdir tabrikladi, kimdir tushkun kayfiyatda edi. SHunga buning vaqti emasdi. Jamoam ham yutqizganidan men ham u qadar xursand emas edim. Keyingi golim jamoaga yordam berib, g'alaba qozonishimizga umid qilaman.

— Jamoa sizni qanday tabrikladi? Kiyinish xonasidami yo keyinroqmi? Nimalar deyishdi?
— Bazilar yonimga kelib tabriklashdi. Ammo mag'lubiyatdan keyin hammamiz tushkun kayfiyatda edik. SHu sababli ochig'i men ham bunga katta etibor bermadim. Hammasi joyida.

— Eldor, mana siz bir necha oydan buyon Genuyada yashayapsiz. Rostovni sog'indingizmi?
— Ha, albatta. U erda o'zimni erkinroq his qilardim.

— Rostovda bo'lgan, ammo hozir sizga Genuyada o'sha etishmayotgan narsa bormi?
— Rostovning o'zi etishmayapti. U bilan bog'liq hamma narsa, deya olaman. Rostov ham, u erdagi muxlislar ham meni juda iliq kutib olishgan va hamma meni qo'llab-quvvatlagan. Rostovdagi barcha narsani sog'inyapman.

— Sobiq murabbiyingiz Karpinga nimalar degan bo'lardingiz?
— Avvalambor, ularga ulkan omad tilayman. "Rostov" turnir jadvalining eng yuqori pog'onasida bo'lishini tilayman. Doim ularni kuzatib, muxlislik qilaman. Valeriy Georgievichga ham omad tilayman. Murabbiyim bilan doim aloqada bo'lib, gaplashib turaman.

— Siz o'z vataningizda ham, Rossiyada ham juda taniqlisiz. Xo'sh, Italiyada ham sizda qandaydir mashhurlik hissi bormi, ayniqsa ilk goldan keyin? Genuya ko'chalarda tanishyaptimi?
— Ochig'i, koronavirus bilan bog'liq vaziyat tufayli ko'chaga kam chiqyapman. Uyda esa buni his qilish qiyin, albatta.

— Biroq siz Rossiyada aqlbovar qilmas darajada mashhursiz. Hattoki, Rossiyada sizning omadli sharhlovchingiz ham bor — Aleksey Durnov. U tele-sport.ru saytida A Seriya o'yinlarini sharhlaydi. Siz birinchi golli pas bergan "Sampdoriya"ga qarshi bahsni aynan shu xodimimiz sharhlagandi. Keyin esa u sharhlagan "Parma" bilan o'yinda ham gol urdingiz. Endi aytingchi, "Jenoa"ning barcha o'yinlari aynan Aleksey Durnov sharhlashini istarmidingiz?
— Omadli sharhlovchi haqida bilmayman, biroq A Seriya uchrashuvlarini sizlarning saytingizdan ko'radigan tanishlarim, O'zbekistondagi do'stlarim bilan gaplashganimda ular Alekseyning sharhlari juda yoqishini takidlashgandi.

— Ammo bu hali hammasi emas. Aleksey Moskvada taksida ketayotganida haydovchi bilan suhbatlashib ketgan. Uning bilishicha, taksist o'zbek ekan va u xodimimizni ovozidan tanib qolgan ekan. SHu sababli, siz nafaqat "Jenoa"ni, balki rossiyalik sharhlovchilarni ham butun dunyoga tanitmoqdasiz. Tasavvur qilyapsizmi? Vatandoshingizning ismi — Jamoliddinov Akmaljon Baxriddinovich. U inson ushbu intervyuni ko'rishiga ishonaman. SHu sababli ona tilingizda unga nimalar degan bo'lardingiz?
— Muxlislik qilganingiz uchun katta rahmat. Xudo xohlasa, yanada yaxshiroq harakat qilib, sizlarni xursand qilaman. Akmal akaga omad!

— Eldor, siz gol urgan o'yinni tomosha qildim. Italiyalik sharhlovchi sizni negadir o'zbek emas, qozoq deb atadi. Bu xato esa hamyurtlaringizning qattiq jahlini chiqardi. O'zingiz bu borasida nima deya olasiz?
— Hamma ham xato qiladi. Kelasi safar bunday xatoga yo'l qo'ymaydi deb o'ylayman. Xato qilib bo'lindi. Hammasi joyida.

— Italiyaga moslashish jarayonlari qanday bo'lmoqda. Kuningiz qanday o'tyapti? Bo'sh vaqtingizda nimalar bilan shug'ullanyapsiz?
— Vaqtimning asosiy qismi bazada mashg'ulot o'tkazish va o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish bilan o'tadi. Soat 5da italyan tilidan darsim boshlanadi. Yana Covid-19 bilan bog'liq vaziyat tufayli ota-onamni ko'rmaganimga ham ancha bo'ldi. SHu sababli kechki payt ular bilan ko'proq gaplashishga harakat qilaman.

— Hozir Italiyada yolg'iz yashayapsizmi?
— Ha. Faqatgina boshida agentim birga kelib, joylashib olishimga yordam bergandi.

— Jamoa sizni qanday qabul qildi? Qandaydir tanishtiruv bo'ldimi? Masalan, qo'shiq kuylash yoki raqsga tushib berish?
— Yo'q, bunday narsalar bo'lmadi. Hech qanday tanishtiruvsiz, birinchi mashg'ulotga bordim va shug'ullanishni boshlab yubordim.

— Italiya oshxonasi haqida savol bermay ilojim yo'q. Ularning taomlari butun dunyoga mashhurligi hech kimga sir emas. Italyancha ovqatlarni tanovvul qilyapsizmi yoki baribir o'zbek taomlarini afzal ko'rasizmi?
— Bu erda hali o'zbek taomlarini hali tatib ko'rolganim yo'q. O'zim pishirishni bilmayman. Genuyada o'zbek milliy taomlari restoranlari yo'q. SHuning uchun shu erning ovqatlarini istemol qilishga to'g'ri kelyapti. Ammo menga yoqyapti. Men Rossiyada ham italyan restoranlariga borib turardim. Lekin albatta, oshni sog'indim, busiz iloji yo'q. Imkoniyat bo'lib, ayolim va ota-onam bu erga kelishganidan so'ng, darhol osh pishiramiz degan umiddaman.

— Klubdoshlaringizni ham mehmon qilasizmi?
— Albatta, ularga yurtimizdagi eng mashhur taom osh ekanini allaqachon aytib qo'ydim. Eb ko'rishsa, negaligini o'zlari bilib olishadi.

— Eldor, siz italyan tilidan darslar haqida gapirib o'tdingiz. Yangi tilni o'rganish ishlari qanday ketmoqda?
— Avvaliga juda qiyin bo'ldi. Italyanchada birorta so'zni ham bilmasdim. Hozir ancha yaxshi. Tushunib, gapira olyapman.

— Klub xodimlari bilan italyan tilida so'zlashyapsizmi?
— Ha, harakat qilyapman. O'zim ulardan men bilan ko'proq gaplashishlarini so'rayman. Agar umuman tushuna olmasam, ingliz tilida so'zlashamiz.

 — Eshitishimga qaraganda, "Jenoa"ga o'tganingizda, hozir "Atalanta"da to'p tepayotgan Aleksey Miranchuk agent orqali sizga xabar yo'llagan ekan. U bilan yaqin tanishmisizlar?
— Yo'q, faqat "Rostov" va "Lokomotiv" bahslarida, bir-birimizga qarshi o'ynagan paytlarimizda ko'rishganmiz. O'shandagina biroz gaplashib qolgandik.

— U hozir koronavirus tufayli karantinga olingan. Ahvoli haqida hol-ahvol so'radingizmi?
— To'g'risini aytsam, yo'q. "Jenoa" va "Atalanta" o'rtasidagi bahsda yana ko'rishamiz va yaqindan tanishamiz deb umid qilaman.

— Aynan shu haqida so'ramoqchi edim. 17 yanvar kuni jamoalaringiz o'rtasida o'zaro bahs bor. Motivaciya qanday? Bir-biringizga nimanidir isbotlab qo'yish niyati bormi?
— Yo'q, nimani bir-birimizga isbotlashimiz kerak? Asosiysi, g'alaba qozonish. Uchrashuvdan keyin esa suhbatlashib o'tirishimiz mumkin.

— Hozircha Miranchuk "Atalanta" safida 2ta gol urdi, sizning hisobingizda esa bitta gol bor. Nima deb o'ylaysiz, mavsum davomida gollar soni bo'yicha undan o'zib keta olasizmi? Oldingizga shunday maqsad qo'yasizmi?
— Ko'ramiz, hammasini vaqt ko'rsatadi. Bunday vazifa bo'yicha harakat qilmayman. CHempionat endigina boshlandi, Miranchuk hozircha o'ynamayapti. Mening maqsadim bitta — jamoaga yordam berish.

— Nima deb o'ylaysiz, Miranchuk "Atalanta"da yuqori natijalarga erisha oladimi?
— Albatta, u buning uddasidan chiqadi deb o'ylayman. Ikki o'yinda 2ta gol... Bu ajoyib natija.

— Eldor, mana yaqinda Yangi yil. Uni qanday va qaerda kutib olmoqchisiz? Italiyadami yoki yaqinlaringiz bilan o'z uyingizdami?
— Oilam Yangi yildan so'ng bu erga uchib kelishadi. Bizning esa o'yinlarimiz va mashg'ulotlarimiz bor. SHu sababli katta ehtimol bilan yolg'iz o'zim Yangi yilni Italiyada kutib olsam kerak.

— Muxlislaringiz, hamyurtlaringizga tilaklaringiz?
— Avvalambor, ularga sog'liq tilayman. Hech qachon kasal bo'lishmasin. Omad va oilaviy xotirjamlik yor bo'lsin.

— Tushunishim bo'yicha doim uydasiz yoki siz hozir bazada yashayapsizmi?
— Yo'q, uydaman.

— Sizga hech qaerga borishga ruhsat berishmaydimi? Qaerlarga borasiz o'zi?
— Ochig'ini aytsam, bunga vaqtim yo'q. Har 3-4 kunda o'yin bo'ladi. SHu sababli tezroq tiklanish, mashg'ulotlar o'tkazish lozim.

— Italiyaga ketganingizda sizga nimalar qiyinchilik tug'dirdi? Nimalarni kutmagan edingiz? Qanday voqealar sodir bo'ldi?
— Bu erda hammasi boshqacha. Rossiya O'zbekistonga o'xshab ketardi. Italiya esa umuman boshqa dunyo, madaniyati boshqa, mentaliteti boshqa. Ko'nikishga to'g'ri keladi.

— Italiyada zerikishga ham vaqtingiz yo'q ekan, nazarimda. Yangi chempionat, yangi klub...
— Yo'q, albatta. Men o'zim shu erga kelishni orzu qilgandim axir. Maqsadim bitta — yaxshi o'yin ko'rsatib, o'z ustimda ishlash, olg'a intilish va yuqori cho'qqilarni zabt etish.

— O'yiningiz borasida ham savollarim bor edi. Jamoa bosh murabbiyi Rolando Maran bilan biror mavzu yuzasidan suhbatlashib turasizmi? Uning sizga nisbatan jamoadagi roli qanday?
— Unchalik ko'pmas, sababi italyan tilida hali uzoq payt gaplashib o'tirishga bilimim etarli emas. Nazariy jihatdan u ko'p narsalarni tushuntirib beradi, maydonda nima qilish kerakligini ko'rsatib beradi. U aytgan har bir narsani to'g'ri bajarishga urinyapman. Ammo har bir bahsda baribir xatoga yo'l qo'yiladi. O'z ustimda ishlab, vaziyatni o'zgartirishga harakat qilishim lozim.

— Jamoadagilar bilan do'stlashib oldingizmi? "Ustozingiz" bormi? Kim bilan ko'proq gaplashasiz?
— Hamma bilan birdek munosabatdaman. Barcha yordam berishga harakat qilyapti. Bu borada hech qanday muammo yo'q. Domeniko Krishito ham Rossiyani ko'p eslaydi, "Zenit" o'yinlarini haligacha kuzatib borar ekan.

— Unga Rossiyadagi, futboldagi yangi o'zgarishlar haqida so'zlab berdingizmi?
— Bunga hojat yo'q. Sababi o'zi bular haqida juda yaxshi biladi. "Zenit"dagi do'stlari bilan ham gaplashib turadi.

— Eldor, maroqli suhbat uchun kattakon rahmat! Sizni kuzatib, muxlislik qilamiz va doim qo'llab-quvvatlaymiz. Yangi gollar va golli uzatmalar kutib qolamiz. O'zbekiston va Rossiyada qanchalik mashhur ekaningizni tasavvur ham qilolmasangiz kerak. Barcha sizdan va jamoangizdan yangi yutuq va g'alabalar kutadi. Bu borada sizga omad tilaymiz.
— Meni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Men buni his qilaman, ko'raman, o'qiyman. O'zbekistonlik va rossiyalik muxlislarimga katta rahmat. Ularni yanada xursand qilish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Ishonchlari uchun tashakkur aytaman.


Jurnalist Igor Baryshev, "Telesport" yutub kanalidan olindi
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика