Genrix Mxitaryan: "Jamoa charchog'i - hisobga tasir ko'rsatdi"
10 noy 2013 20:40
Yangiliklar


Genrix Mxitaryan: "Jamoa charchog'i - hisobga tasir ko'rsatdi"
"Borussii" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan Germaniya chempionati 12-turidan o'rin olgan "Volfsburg"ga qarshi bahsdagi (1:2) mag'lubiyatga charchoq sabab bo'lganini aytdi.
– Jamoa charchog'i - hisobga tasir ko'rsatdi, – deya futbolchi so'zlarini keltiradi bundesliganing rasmiy sayti. – Biz albatta butun jamoa bo'lib mag'lubiyat sabablarini o'rganib chiqamiz. Endi "Bavariya" bilan tafovut 4 ochkoni tashkil etmoqda, lekin bu fojea emas. Oldinda maydonimizdagi o'zaro baxs bor va bu biz uchun yaxshi imkoniyat. "Borussiya" va "Bavariya"ning o'yinlarini butun dunyo kuzatadi va biz o'zimizni ko'rsatishimiz shart.

Fikrlar