So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Genrix Mxitaryan: “Premer-liga men uchun sinovga aylanadi” (to'liq intervyu) Yangiliklar

Genrix Mxitaryan: “Premer-liga men uchun sinovga aylanadi” (to'liq intervyu)

“Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolagan Armaniston terma jamoasi hujumchisi Genrix Mxitaryan klub telekanali mehmoni bo'lib, yangi jamoasiga o'tishi to'g'risida berilgan savollarga javob qaytardi.


- Genrix, “Yunayted”ga xush kelibsiz! Klub bilan shartnoma imzolab bo'lgandan keyin nimalarni his qilyapsiz?

- Katta rahmat. O'tishimdan juda xursandman. “Manchester Yunayted” uchun to'p tepish menga berilgan katta imkoniyat. Yangi chaqiriq. Men imkonim etgancha barcha ishni amalga oshirishga harakat qilaman.

- Qaror qilishingizda Joze Mourinoning qanchalik tasiri bo'ldi?

- Klubni tanlashimda sabablardan biri aynan u bo'ldi. Albatta, jamoa ham bunda eng katta sabab edi. CHunki u jahondagi eng yaxshi klublardan biri hisoblanadi. Bunday imkoniyatdan bosh torta olmasdim. Bu erda turganimdan baxtiyorman.

- Bir jamoada Ueyn Runi, Zlatan Ibragimovich va boshqa yulduzlar bilan birga o'ynashdan hayajonlanayapsizmi?

- O'ylashimcha, joriy yil bizda ajoyib jamoa bo'ladi. Bu yigitlar bilan o'ynash men uchun katta rohat.

- Sportchilar oilasidansiz. Otangiz Gamlet futbol o'ynagan. U faoliyatingizga qanday tasir o'tkazgan va u sizdan hozir qanchalik faxrlangan bo'lardi?

- U o'ynagan paytda futbolni tushunishga ancha yosh bo'lganman. U vafot etgandan keyin futbolchi bo'lish orzusi paydo bo'lgan. U boshlagan ishni davom ettirishni xohlaganman. Umid qilamanki, to'g'ri yo'ldaman.

- Armanistonda o'yiningizni yaxshilab, Ukrainada uni takomillashtirdingiz. “Borussiya” yanada yaxshiroq bo'lishingizga yordam berdimi?

- Ortga qarab, bu erda bo'lish uchun qanchalik uzoq yo'lni bosib o'tganimni ko'rish mumkin. Lekin bu imkoniyatlarim chegarasi emas. Yanada o'sa olaman. Juda xursandman va barchasini to'g'ri qilyapman deb hisoblayman. Oldinga intilib, qadamma-qadam rivojlanishga harakat qilaman.

- Premer-ligada o'ynash siz uchun qanchalik katta sinovga aylanadi?

- Barcha uning jahondagi eng katta chempionatlardan biri ekanini biladi va uning bir qismiga aylanishimdan xursandman.

- SHinji Kagava va Dortmundda ijarada bo'lgan Adnan Yanuzay bilan “Yunayted” haqida ko'p suhbatlashganmisiz?

- Adnan bilan juda yaqinmiz. U do'stlarimdan biri va bu erga o'tgunimcha Adnan bilan gaplashganman. Hamisha aloqada bo'lamiz. U “Yunayted”ga o'tishga shaylanayotganim haqida so'radi. Unga bilmasligimni aytib javob bergandim. Endi shu erdaman va u ko'nikishimga yordam beradi.

- Premer-ligada o'ynagan birinchi armanistonlik futbolchi bo'lishingizdan g'ururlanasizmi va bunga mamlakatingizda qanday munosabatda bo'lishmoqda?

- Barcha bu kelishuv amalga oshishini sabrsizlik bilan kutdi. Bundan baxtiyorman va barcha mendan faxrlanishi mumkin. Premer-ligada birinchi armanistonlik o'yinchi ekanimdan xursandman va ularning ishonchini oqlashga intilaman. O'ylashimcha, Armanistonda eng katta qo'llab-quvvatlash shu klubga nisbatan bo'ladi.

- O'yiningizni birinchi marta Xitoydagi turne davomida ko'ramiz. Unda sobiq jamoangizga qarshi to'p tepasiz. Bunga munosabatingiz qanday?

- Sobiq jamoadoshlarimga qarshi o'ynash g'alatiroq bo'ladi. Birinchi uchrashuvda tushunarsiz hislarni boshdan o'tkazsam kerak. O'zgacharoq chiqadi, lekin qanday bo'lishidan qata nazar endi “Yunayted” yangi klubim.

- Turne mobaynida yangi tajribaga ega bo'lasiz. Osiyoda jamoaning muxlislari juda ko'p. Buni ko'rishga tayyormisiz?

- Bu to'g'risida eshitganman va unga tayyorman!

- Joriy mavsumda ishqibozlar sizdan nima kutishlari kerak?

- Qo'limdan kelgan barchasini uddalashga intilaman. Astoydil mehnat qilaman. O'tgan mavsumda urgan gollarimni bu yil ham takrorlashga urinaman.

- “Old Trafford” qanday taassurot qoldirdi va u erda o'ynash sizni qanday hayajonga solmoqda?

- Bu stadionda hech qachon o'ynamaganman, lekin uning jahondagi eng hayratlanarli stadionlardan biri ekanini bilaman. “Trafford”da muxlislarimiz qo'llab-quvvatlashi qarshisida o'ynash juda qiziqarli bo'ladi.

- Debyutingizni kutayotgan “Yunayted” muxlislariga qanday xabar yo'llagan bo'lardingiz?

- Qadrli ishqibozlar, sizlarni har bir o'yinda stadionda ko'rishdan xursand bo'laman. Jamoaga g'alabalarga erishishda yordam berish uchun bor kuchimni ishga solaman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика