Genrix Mxitaryan kuchli beshlik chempionatlaridagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda

Aslanov Jasurbek
18 dek 2020, 08:50
“Roma” A Ceriya 12-turi doirasida “Torino”ni 3:1 hisobida engdi.

Mazkur o'yindagi hisobni 27-daqiqada rimliklar yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan ochdi. Bu armanistonlik futbolchi uchun joriy mavsumda so'nggi 9 ta o'yinda urilgan 8-gol bo'ldi.

Mxitaryan Italiya chempionati doirasida 12 ta o'yinda gol+pas tizimida 12 ochko (7+5) ishladi. Bu ayni damda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari xavbeklari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta