Gennadiy Moshnyaga "Andijon"ni tark etdi
16 noy 2015 15:52
Yangiliklar


Gennadiy Moshnyaga "Andijon"ni tark etdi
Oliy liganing so'nggi turi oldidan "Andijon" asosiy darvozabonidan ayrildi.
Moshnyaga kuni kecha yurtiga uchib ketdi.
Moldaviyalik posbon mavsumni yomon o'tkazdi, deb bo'lmaydi. Garchi klub oliy ligada jon saqlash uchun kurash olib borgan bo'lsa-da, Moshnyaga mavsum davomida jamoasining yarmi bo'ldi, deyish mumkin. 29-turda oliy liga qolish vazifasini uddalagan "burgutlar" mavsumning so'nggi uchrashuvini poytaxtda "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi. Bu o'yindagi g'alaba "sherlar"ga chempionlikni taqdim qilsa, oliy ligada qolish vazifasini uddalagan andijonliklarga natijani tasiri yo'q.
Katta ehtimol bilan "Paxtakor"ga qarshi o'yinda "Andijon" darvozasini Eldor Isaboev qo'riqlaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar