So’nggi yangiliklar

14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  0 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  2 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  8 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  2 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  10 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  29

Gennadiy Kochnev: "G'alabani kutaverib charchagandik" Yangiliklar

Gennadiy Kochnev: "G'alabani kutaverib charchagandik"

Pro-liganing 6-turi doirasida "Andijon-SGS" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "G'ijduvon" bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev o'z fikrlarini bildirdi.


- Muhim uch ochko va ilk g'alabaga erishdik. Natijadan mamnunman. Og'ir seriya bo'lib turgani uchun g'alabani qo'lga kiritish oson bo'lmadi. Birinchi bo'limda gollar urib oldik, ikkinchi bo'limda esa yosh raqiblarimiz yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ularning o'yini menga yoqdi. Raqiblar ko'plab yaxshi vaziyatlar yaratishdi, bazida bizga omad kulib boqdi. 

- Dastlabki 30 daqiqalikda "Andijon-SGS" jamoangizdan ko'ra yaxshiroq o'yin ko'rsatdi.

- Raqib o'yinni yaxshi boshladi. Ikkinchi bo'limda ham hujumkor harakat qildi va bizdan ko'ra tezkorroq o'ynadi. Birinchi bo'limda 3ta gol urib olganimiz yaxshi bo'ldi. Ikkinchi bo'limni esa bizning foydamizga deb aytmagan bo'lardim. Bizda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. Ammo raqiblar o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. 

- Beshinchi turga kelib ilk g'alaba qo'lga kiritildi. Qanday xissiyotlar o'tmoqda?

- Uzoq kutilgan g'alaba, ilk g'alaba - demak, xissiyotlar yaxshi. CHarchoq alomatlari ham bor. Omadsizliklar, mag'lubiyatlardan keyin g'alabani kutib charchagandik.  Bugungi g'alaba jamoaning kayfiyatini ham ko'taradi. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика