Genduzi "Renn"ga qarshi bahsda ikkita gol urdi, o'yin 1:1 hisobida yakunlandi
19 sen 2022 19:08
Yangiliklar
Genduzi "Renn"ga qarshi bahsda ikkita gol urdi, o'yin 1:1 hisobida yakunlandi
"Marsel" yarim himoyachisi Matteo Genduze yakshanba kuni "Renn"ga qarshi uchrashuv qahramoniga aylandi.
23 yoshli francuz Liga 1 to'qnashuvining 25-daqiqasida to'pni o'z darvozasiga joylab qo'ydi.
U Amari Traorening uzatmasini to'xtatmoqchi bo'ldi, ammo to'p Pau Lopesning yonidan o'tib, darvozaga kirib ketdi.
Igor Tyudor shogirdlari ushbu xatodan so'ng hisobni tenglashtirish uchun harakat qilishda davom etdi va tanaffusdan atigi 7 daqiqa o'tgach, Genduzi yana qahramonga aylandi, yarim himoyachi to'pni boshi bilan Stiv Mandanda darvozasiga yo'lladi.
Yarim himoyachi Benjamen Bourijeauddan yuqoriroq sakrab, to'pni yuqori chap burchakka yo'naltirdi va "Renn" posbonini ojiz qoldirdi.
SHu tariqa, uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Fikrlar