So’nggi yangiliklar

11:32"Реал" Мак Аллистерга қизиқмоқда, аммо...  0 11:00Родриго “Арсенал“га ўтиши учун аниқ бир талабни қўйди  6 10:34А Сериянинг яна бир тўпурари Саудияга йўл олиши мумкин  0 09:24Допинг сабаб икки йил футбол ўйнамаган жаҳон чемпиони Б Серия жамоасига ўтди  1 08:55“Реал“ ҳужумчиси икки ойга сафдан чиқди  2 08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  5 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  6 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  6 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  15 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0

G'ayrat SHixov: "Muammolarni aytaman desam matbuot anjumanida vaqt etmaydi" Yangiliklar

G'ayrat SHixov: "Muammolarni aytaman desam matbuot anjumanida vaqt etmaydi"

Pro liganing 5-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Xorazm" (4:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi G'ayrat SHixov qatnashdi.




"SHo'rtan" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. Umuman olganda yaxshi o'yin bo'ldi. Lekin, hisob biz uchun qoniqarli emas. Ishlashda davom etamiz. Har 2-3 kunda o'yin bo'layotgani bois futbolchilarda charchoq alomatlari sezilmoqda.

Pro liganing darajasi bu yil ancha ko'tarildi. Oxirgi uchta turni orasida vaqt juda tig'iz bo'ldi. Balki, o'yinga moslasha olmayotgandirmiz.

Uchrashuv boshidan ochiq futbol taklif qildik. Mag'lubiyatga uchradik demak bu qaror xato bo'lib chiqdi. Yutganimizda to'g'ri bo'lardi.

Pandemiya va futboldagi to'xtalish faqat bizga emas butun dunyo futboliga tasir qildi. Bundan qochib bo'lmaydi. Mashg'ulotlarni uzluksiz o'tkazishni iloji bo'lmadi.

Himoya va yarim himoyadagi bog'liqlikda muammolar ko'zga tashlandi. Gol ura olmayapmiz, demak muammolarimiz ko'p.

Muammolarni aytaman desam matbuot anjumanida vaqt etmaydi. Ishlashda va kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilamiz",- deydi G'ayrat SHixov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика