So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  2 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  2 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  26 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

G'ayrat Hasanov: "2 mlrd. so'mga tashlandiq stadionni tamirlamoqchiman, ammo..." Yangiliklar

G'ayrat Hasanov: "2 mlrd. so'mga tashlandiq stadionni tamirlamoqchiman, ammo..."

Teglar :  G'ayrat Hasanov
"Neftchi", "Nasaf" va O'zbekiston terma jamoalarida o'ynagan sobiq darvozabon G'ayrat Hasanov "O'zbekiston" telekanalida efirga uzatilgan "Munosabat" ko'rsatuvida o'zi yashaydigan hududdagi stadionni tamirlash maqsadida ekanligini aytdi.

"Futbol maktabi va Farg'ona davlat universiteti bitiruvchisi hisoblanaman. Professional darajada futbol bilan shug'ullanganman. Faoliyatim davomida "Neftchi", "Nasaf" va O'zbekiston terma jamoasida to'p tepganman. Kerakli bilim va tajribaga ega bo'ldim. Mablag' yig'dim. Yaypan shahar, O'zbekiston tumanimizda 70 yillarda qurilgan stadion bor. Ayni damda stadion qarovsiz ahvolda.




Yuzlab bolalar har kuni o'sha erda shug'llanishadi. Hokimiyatga murojaat qilib, stadionni tamirlash uchun 2 mlrd. so'm investitciya kiritmoqchiligimni malum qildim. Bu mablag'ni futbolchilik faoliyatim davomida to'plaganman, buning ustiga do'stlarim ham bor.


Kelajakda mana bunday sport majmuasini yaratmoqchiman. Hokimimizni oldiga kirsak, kimsan, qaerdan kelding, malumoting qanday deb so'ramadilar. Masalan, faoliyatim davomida ko'plab mamlakatlarga borganman va u erdagi arenalardan andoza oldim. Maqsadim bolalar sportini rivojlantirish, ularning bo'sh vaqtini samarali o'tkazish.

Oktyabr oyida Farg'ona viloyati hokimi sayyor qabulida bo'ldim. U kishi menga mablag'ni qaerdan olasan deb so'radilar. O'z mablag'larim evaziga ushbu ishni bajarmoqchiligimni va 30dan ortiq ish o'rni yaratmoqchi ekanligimni aytdim. CHunki bu stadionga murabbiylar kerak.

10 yil ichida Osiyo yoki jahon miqiyosida birorta futbolchi tarbiyalay olsak, O'zbekiston tumanimizning iqtisodiyotiga katta yordam bergan bo'ladi. Masalan, o'sha futbolchi yiliga 3 mln. dollar topsa, bu mablag' evaziga zavod, fabrikalar qurish mumkin. Biznes bu faqat tikuvchilik yoki savdo-sotiq emas. Bolalar esa nazoratsiz qolmaydi" - deydi G'ayrat Hasanov.

Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика