Gavining holati bo'yicha malumot berildi
02 fev 2025 22:22
Yangiliklar
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Gavi "Alaves"ga qarshi o'yinda raqib futbolchisi Tomas Konechni bilan to'qnashib ketdi. Ikki futbolchi ham boshi bilan o'zaro urilganidan so'ng Konechnini maydondan maxsus mashinada olib chiqib ketishdi. Gavi esa o'yinni davom ettirishni istadi, ammo klub shifokorlari unga o'ynashga ruxsat berishmadi.
O'yindan keyin klub prezidenti Joan Laporta Gavining holati bo'yicha malumot berdi.
"Hammasi yaxshi, Gavi bilan gaplashib oldim. Zarba juda kuchli bo'ldi, u o'yinni davom ettirmoqchi edi. Gavi hozir Konechni bilan birga shifoxonada. Vaziyat juda yomon bo'ldi, ammo muxlislar xavotir olishmasa ham bo'ladi", -deydi Joan Laporta.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar