Gattuzo yangi jamoasiga kimni olib kelishni istamoqda?
12 dek 2019 19:20
Yangiliklar
Gattuzo yangi jamoasiga kimni olib kelishni istamoqda?
"Milan" yarim himoyachisi Frank Kessie "Napoli"ga o'tishi mumkin, deya malumot bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
"Napoli" 22 yoshli ivuarlik futbolchining atrofidagilar bilan aloqaga chiqib bo'lgan. O'yinchini "Napoli"da kecha bosh murabbiy etib tayinlangan Jennaro Gattuzo ko'rishni istamoqda. Ular bir yil oldin "Milan" klubida birgalikda ishlashgan.
"Rossonerilar" rahbariyati Kessie bo'yicha yaxshi taklif bo'lsa, uni qo'yib yuborishga rozi bo'lishgan.
Qayd etish kerak, Kessie joriy mavsum A Seriyaning 13 o'yinida maydonga tushib bir marotaba gol urgan.
Fikrlar