So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Gattuzo: “Napoli” ahmoqona gollar o'tkazmoqda. Ammo biz to'g'ri yo'ldamiz” Yangiliklar

Gattuzo: “Napoli” ahmoqona gollar o'tkazmoqda. Ammo biz to'g'ri yo'ldamiz”

“Napoli” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo A seriya 19-turida “Lacio”ga (0:1) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

Uchrashuvdagi yagona gol rimliklar hujumchisi CHiro Immobile tomonidan kiritildi. O'sha vaziyatda neapolliklar posboni David Ospina uzoq vaqt to'pni qaysi tomonga tepib yuborish borasida aniq bir qarorga kela olmadi. Natijada hujumchi to'pni darvozabondan olib qo'ydi va uchrashuvdagi yagona golga mualliflik qildi.

“O'tkazib yuborgan golimizdan shikoyat qila olmayman. CHunki bunday holatlar futbolda bo'lib turadi. Ospina to'pni sheriklariga uzatib berishga harakat qildi. Agar u shunchaki to'pni minbar tomonga tepib yuborganida, jahl qilishim mumkin edi.

Insonlar faqat xatolarni kuzatishadi. 20 ta muvaffaqiyatli to'p oshirishni, himoyadan hujum tashkil qilishni guyoki ko'rmay qolishadi. 

Jamoaga murabbiy etib tayinlanganimdan keyin kulguli gollar o'tkazayapmiz. Ammo jamoa to'g'ri yo'lda, ular men nimani istayotganimni tushunib turishibdi va uni amalga oshirishga harakat qilmoqda. 

Yillar davomida jamoa Italiyada namunali futbol namoyish etib keldi, o'zining aniq bir uslubiga ega edi. Endi yana o'sha uslubga qaytishga harakat qilmoqdamiz. 

Biz o'zimizga bo'lgan ishonchi qaytarish uchun ketma-ket uchrashuvlarda yaxshi natijalarni qayd etishimiz kerak. Ayni paytda jamoada ruy bergan holatlarni judayam ko'p o'ylab yuborayapmiz. Bizda sifatli jamoa bor, ishlashimiz va mehnatlarimiz samarasiga ishonishimz kerak. G'alaba qozonish kerak, turnir jadvaliga qarash shart emas. 

SHaxsiy maqsadim- har qanday natijaga qaramay “Napoli”da qolish. SHu bois futbolchilarni o'z kuchlariga ishontirib, g'alabalar sari ruhlantirishga intilishda davom etaman”, dedi Gattuzo “Sky Sports”ga bergan intervyusida.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика