Gasperini: "Valensiya"ga qarshi o'yingacha koronavirusga chalingandim"
31 may 2020 13:13
Yangiliklar


Gasperini: "Valensiya"ga qarshi o'yingacha koronavirusga chalingandim"
"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini ECHL 1/8 finali doirasida "Valensiya"ga qarshi o'yinga qadar koronavirusga chalinganini aytdi.
"Valensiya"ga qarshi o'yin kuni o'zimni juda yomon his qildim. Keyinchalik holat og'irlashdi.
Agarda rasmlarga qaraydigan bo'lsangiz, o'rindiqda juda ham horg'in ko'ringanman. 10 mart kuni bo'lgandi. Ikki kundan keyin juda yomon uxladim. Yo'talmadim, biroq isitmam chiqaverdi.
Yonimizda kasalxona bo'lgani uchun 2 daqiqadayoq tez yordam kelaverdi. Og'ir damlar o'tdi", - dedi Gasperini.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar