Garsiya: "Myunxendagi mag'lubiyatga qarmasdan "Roma"ning o'yinidan ko'nglim to'ldi"
06 noy 2014 10:32
Yangiliklar
Garsiya: "Myunxendagi mag'lubiyatga qarmasdan "Roma"ning o'yinidan ko'nglim to'ldi"
"Roma" bosh murabbiyi Rudi Garsiya "Bavariya"ga qarshi CHempionlar ligasi 4-tur uchrashuvidan so'ng o'z jamoasi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Bavariya" qanchalik kuchli ekanligini bilamiz, ammo bugun to'g'ri taktik va ruhiy yo'l tanladik. Raqib ikki gol urgani juda alamli, chunki ularda imkoniyatlar ko'p bo'lmadi. Bizga esa dunyodagi eng yaxshi darvozabon halaqit berdi. Uchrashuv men o'ylaganimdek o'tdi. Mag'lubiyatga qaramasdan futbolchilarimdan ko'nglim to'ldi. Agar shu yo'sinda davom etsak, keyingi o'yinlarda o'zimizni ko'rsata olamiz.
Agar kimdir menga "Bavariya"ga qarshi ikki o'yindan keyin ikkichi o'rinni saqlab qolishimizni aytganida juda xursand bo'lardim. Endi hammasi o'z qo'limizda. Bor-yo'g'i ikkita uchrashuv qoldi. Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimiz bor" - deydi Garsiya.
Fikrlar