Garsiya: "Destro "Roma"ni tark etadi deb o'ylamayman"
06 jan 2015 08:19
Yangiliklar


Garsiya: "Destro "Roma"ni tark etadi deb o'ylamayman"
"Roma" bosh murabbiyi Rudi Garsiya hujumchi Matti Destro jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Men tarkibda bir emas, bir necha nafar hujumchi bo'lishini xohlayman. Agar bir hujumchiga ishonsam, katta tavakkalga qo'l urgan bo'laman.
Oldin aytganimdek, yanvarda katta o'zgarishlarni amalga oshirmaymiz. Destroning boshqa futbolchilardan kam joyi yo'q., u o'z imkoniyatiga ega bo'ladi. Mattia klubni tark etadi deb o'ylamayman" - deydi murabbiy.

Fikrlar