Gari Nevill - Sulsherga: "Haykalingni qaerga o'rnataylik?"
07 mar 2019 15:54
Yangiliklar


Gari Nevill - Sulsherga: "Haykalingni qaerga o'rnataylik?"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Gari Nevill PSJga qarshi CHempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Ule-Guunnar Sulsherdan intervyu oldi.
Sulsher va Nevill futbolchilik faoliyati davomida MYU sharafini birgalikda himoya qilishgan.
- Ule-Gunnar, uchta savolim bor. Necha yillik shartnoma imzolashni xohlaysan, maoshing qancha bo'lsing va haykalingni qaerga o'rnataylik?
- Ajoyib kecha. Yozgacha o'zimni ishga bag'ishlamoqchiman. Ko'ramiz, keyin klub qanday qarorga kelar ekan.
- MYUda tanlov imkoniyati yo'q. Faqat bitta variant bor, shundaymi?
- Bu kunni uzoq eslab qolamiz. "Manchester Yunayted" uchun ajoyib kecha bo'ldi - deb savolga javob berishdan qochdi Sulsher.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar