Gari Kexill: "Azar jahon darajasidagi futbol namoyish etyapti"
10 fev 2014 15:48
Yangiliklar


Gari Kexill: "Azar jahon darajasidagi futbol namoyish etyapti"
"CHelsi" markaziy himoyachisi Gari Kexill "Nyukasl"ga qarshi o'yindan keyin (3:0) intervyu berib, Eden Azar manziliga iliq so'zlar yo'lladi.
"Eden ajoyib futbolchi. O'ziga bo'lgan ishonchi baland va mahorati ham yuqori. U hozirgi vaqtda nima qilmasin, barchasi mukammal tarzda amalga oshyapti. U hali yosh, shunday bo'lsada, borgan sari kuchli futbolchiga aylanib bormoqda. U ayni vaqtda jahon darajasidagi yuqori saviyali futbol namoyish etyapti. Birinchi bo'limda o'zimiz istaganimizdek o'ynolmadik va ancha qiynaldik. Bunday holatlarda alohida futbolchilar mahorati muhim rol o'ynaydi. Eden buni namoyish etib berdi. U ikkita chiroyli gollarga mualliflik qildi. Bu golli vaziyatlarni ham o'zi yaratgani etiborga molik", deydi himoyachi.

Fikrlar