Garet Beyl: "Uels Buyuk Britaniyaning Evropa chempionatidagi yagona vakili sifatida qolgani biz uchun katta natija"
29 iyu 2016 23:52
Yangiliklar
Garet Beyl: "Uels Buyuk Britaniyaning Evropa chempionatidagi yagona vakili sifatida qolgani biz uchun katta natija"
Uels terma jamoasi etakchisi Garet Beyl Evropa chempionati chorak finali oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
- Biz juda xursandmiz. O'zimizni ko'rsatadigan vaqt kelgan. Hozir aynan bizning davrimiz. Uels britaniyaning Evropa chempionatidagi yagona vakili sifatida qolgani biz uchun katta natija.
SHimoliy Irlandiyaga qarshi bahs jamoamiz uchun ideal tarzda o'tgani yo'q. O'sha bellashuvda o'yin jihatidan biz o'zimizga o'xshamadik. Lekin g'alaba bizning xarakterimizni ko'rsatib turibdi. Buyuk Britaniyaning bayrog'ini xilpiratib yurganimizdan mamnunmiz.
Evropa chempionati saralash bosqichida Belgiyani mag'lub etganimizdan so'ng jamoamizning muvaffaqiyatli yurishi boshlangandi. Bu yurish davom etmoqda. Aynan o'sha g'alaba jamoamizning nimalarga qodirligini, o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni ortishini taminlagandi.
Fikrlar