Garet Beyl: "Turnirni boshqacha yakunlashni kutgandim"
27 iyu 2021 01:37
Yangiliklar
Garet Beyl: "Turnirni boshqacha yakunlashni kutgandim"
Uels sardori Garet Beyl Evro-2020 1/8 finalida Daniyadan uchralgan yirik hisobdagi mag'lubiyatni (0:4) sarhisob qildi.
"O'yin biz xohlagandek o'tmadi. Nuqtai nazarimiz bo'yicha biz juda yaxshi boshladik, ammo keyin hammasi o'zgardi. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynashga harakat qildik, lekin yana gol o'tkazib yubordik va shundan keyin jasoratimizni yo'qotdik.
Uchrashuv natijasi bizni juda xafa qildi. Yigitlar tushkun kayfiyatda. Turnirni boshqacha yakunlashni kutgandim.
Juda alamli – men faqat shuni ayta olaman. Imkoniyatni qo'ldan boy berdik, ammo hech bo'lmaganda kurashdik va men baribir futbolchilarimiz bilan faxrlanaman", – dedi Beyl.
Fikrlar