G'arbiy Osiyo chempionati. Saudiya Arabistoni 2-turda ham g'alaba qozona olmadi
08 avg 2019 23:20
Yangiliklar


G'arbiy Osiyo chempionati. Saudiya Arabistoni 2-turda ham g'alaba qozona olmadi
Iroqda davom etayotgan G'arbiy Osiyo CHempionatining 2-turi doirasida B kvartetidan o'rin olgan bahslar o'tkazildi.
Avvaliga, Erve Renar boshchiligidagi Saudiya Arabistoni terma jamoasi Bahraynga qarshi to'qnash keldi va o'yinda hisob ochilmadi.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida esa Quvayt vakillari Iordaniya bilan durang (1:1) o'ynadi.
Endi saudiyaliklar guruh bosqichining so'nggi o'yinini 10 avgust kuni Iordaniyaga qarshi o'tkazadi. Bahrayn esa shu kuni Quvayt bilan kuch sinashadi.
Ayni daqiqalarda «A» guruhidan o'rin olgan Yaman hamda Livan to'qnashuvi bo'lib o'tmoqda. SHuningdek, 00:30da mezbon Iroq termasi Suriyaga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar