So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  4 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  76 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Gancharenko O'runovning "Ural"dan haydalishi haqidagi haqiqatni oshkor qildi Yangiliklar

Gancharenko O'runovning "Ural"dan haydalishi haqidagi haqiqatni oshkor qildi

Ekaterinburgning “Ural” jamoasi bosh murabbiyi Viktor Gancharenko o'tgan yilning oktyabr oyida Oston O'runov bilan shartnoma bekor qilingani sabablari haqida batafsil to'xtalib o'tdi.

"Match TV" manbasining xabar berishicha, bunday qarorga O'runov va Gancharenko o'rtasidagi mojaro sabab bo'lgan. Insayder Ivan Karpovning takidlashicha, mojaro oktyabr oyi boshida ekaterinburgliklarning "Ximki"ga qarshi o'yini oldidan sodir bo'lgan, "RB Sport" esa "Sochi"ga qarshi Rossiya kubogi doirasidagi bahsda O'runovning zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortgani haqida xabar bergandi.

"Oston jazavaga tushib qoldi. Mehmonda "Sochi"ga qarshi o'yin o'tkazishimiz lozim edi. O'runov kiyinish xonasida chigalyozdi mashqlarini bajarayotgandi, qolganlar ham bo'lajak o'yinga tayyor edi. To'satdan - u tutaqib ketib, kiyinish xonasi bo'ylab yugurishni boshladi. Men nima sodir bo'lganini anglolmasdan o'ylanib qoldim. U esa so'kingancha tinimsiz yuguraverdi, so'ngra birdan qarshimga kelib: “Men uchrashuv qaydnomasida yo'q ekanman! Do'stlarim bu haqda xabar yuborishdi. Mana, qarang! Nega meni bu erga olib keldingiz? Men unga aytdim: "Eshit, seni esing joyidami yoki yo'qmi? Kiyinish xonasidagilarning barchasi qaydnomaga kiritilgan. Sen kimga ishonasan? Mengami yoki mana buni senga yuborgan do'stinggami?" Oston haqiqatan ham qaydnomada bor edi, lekin zaxirada qoldirilgandi, do'sti esa unga qandaydir tushunarsiz xabar yuborgandi. Ammo bunday hissiyotlardan so'ng u ortiq o'yinga tayyor emasligini angladim", - dedi Gancharenko.

- Keyin nima bo'ldi?

- Avvalo, O'runovda juda yaxshi fazilatlar borligini aytishim joiz. U tezkor, shiddatli hamda yaxshi zarba yo'llay olish xislatlariga ega edi. Lekin u bu qobiliyatni statistika bilan tasdiqlay olishi kerak, chunki unda hamma narsa etarli, lekin gol va golli uzatma yo'q edi. Men unga bir necha bor bazi narsalarni tushuntirishga harakat qildim. U maydonda harakat qilishni xohlaydi, biroq qanday qilib gol urishni va uzatmalar berishini tushunmaydi. Tarkibda yo'qligidan junbushga keldimi, bizni ham, o'zini ham, jamoani ham qiynamaslik uchun ketgani maqul.

- Jamoa bilan xayrlashish haqidagi qarorni o'zingiz aytdingizmi?

- Ha, "Sochi"ga qarshi o'yinning ertasiga aytdim. Men Grigoriy Viktorovich Ivanovga O'runovni qo'yib yuborish kerakligini aytdim. U esa menga: "SHuni maqul ko'rsangiz - qo'yib yuboring" deb aytdi va biz u bilan xayrlashdik. Oston bunga normal munosabat bildirdi, hech qanaqa qichqiriq va g'azablanish ifodasini ko'rsatmadi. Unga vaziyatni tushuntirdim: “Sen o'ynashing kerak, lekin men bunga kafolat berolmayman”.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика