Galte nima sababdan Mbappeni PSJ zaxirasida qoldirganini izohladi
02 okt 2022 14:02
Yangiliklar
Galte nima sababdan Mbappeni PSJ zaxirasida qoldirganini izohladi
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte "Nicca"ga (2:1) qarshi o'yinda nima uchun hujumchi Kilian Mbappeni asosiy tarkibda maydonga tushirmaganini tushuntirdi.
“Mbappe Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi o'yinda belidan jarohat oldi. Uning oyog'idagi ko'karishlar ham butunlay yo'qolmagandi, shuning uchun biz uni ko'p xavf ostiga qo'ymaslikka qaror qildik. SHu bilan birga, Kilianning o'zi dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushishga tayyor edi", - dedi mutaxassis.
Kilian 59-daqiqada maydonga tushirildi. Oradan 24 daqiqa o'tgach, hujumchi g'alaba golini kiritdi.
Eslatib o'tamiz, 23 yoshli hujumchi Franciya chempionatining joriy mavsumida 8 ta o'yinda 8 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
06:05
"El klasiko". "Real Madrid" – "Barselona" 2:5, "Barselona" o'tgan yilgi final uchun revansh oldi 33
Fikrlar