Galte - "Nicca" yangi bosh murabbiyi
29 iyu 2021 12:17
Yangiliklar
Galte - "Nicca" yangi bosh murabbiyi
O'tgan mavsum "Lill"ni chempion qilgan murabbiy Kristof Galte o'ziga yangi ish topdi.
54 yoshli franciyalik mutaxassis "Nicca" ustozi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Bitim shartlari oshkor etilmayapti.
Eslatib o'tamiz, Galte so'nggi to'rt mavsum davomida "Lill" bosh murabbiyi bo'lib faoliyat yuritdi.
"Nicca" o'tgan mavsum Franciya chempionati doirasida 52 ochko jamg'ardi va yakunda jadvalda 9-o'rinni egalladi.
Fikrlar