Gallas Mourinoni "CHelsi" futbolchilari shaxsiy hayotiga aralashishda aybladi
10 sen 2018 17:26
Yangiliklar
Gallas Mourinoni "CHelsi" futbolchilari shaxsiy hayotiga aralashishda aybladi
"Biz "Midlsbro"ga qarshi o'ynadik, jarohat oldim. Keyingi kun Mourino bilan uchrashishimiz kerak edi. Murabbiy hammani tanqid qila boshladi. Mag'lubiyatdan xafa edi. Bir payt u o'zi uchun o'g'lidek bo'lib qolgan Lempardni tanqid qildi. Kulib yubordim, Joze ortimda edi. Keyin u menga o'girildi va shunday dedi: "Vilyam, kulyapsanmi?". Men yo'q dedim.
U davom etdi: "Sen ayni damdagi eng yaxshi futbolchilardan birisan, ammo maydondan tashqaridagi hayotingni tuzatishing kerak". U nimani nazarda tutganini so'radim. "Juda ko'p sayr qilasan" - dedi Mourino. Buni qaerda bilishini so'raganimda, u quyidagicha javob qaytardi: "Ko'ramiz, 10 kundan keyin "Barselona"ga qarshi o'tadigan bahsga tayyor bo'larkansanmi". Mourinoga mendan havotir olmasligini aytdim. SHundan so'ng har kuni 3 martadan mashg'ulot o'tkazishni boshladik" - deydi Gallas.
Fikrlar