"G'allakor"ning ikki futbolchisi avariyaga uchradi, ulardan biri vafot etdi
05 apr 2017 09:01
Yangiliklar
"G'allakor"ning ikki futbolchisi avariyaga uchradi, ulardan biri vafot etdi
Kecha birinchi liga doirasidagi "G'allakor" - "Istiqlol" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda mehmonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Ushbu o'yindan so'ng "G'allakor" jamoasining ikki futbolchisi avariyaga uchragan.
"Noxush
xabar oldim: "G'allakor" jamoasida to'p suraetgan samarqandlik futbolchi
ukalarimiz Nurbek Safarov va Tehron qaytishda avariyaga uchrabdi...
Tehron
vafot etibdi, Nurbek komada... Siroj Sayfiev bilan birga Nurbekni ham
duo kilinglar, Alloh shifosini bersin... Yosh futbolchi edi...", - deb yozadi "Dinamo" klubi matbuot kotibi Usmon Ibodov tvitterdagi o'z sahifasida.
Saytimiz vakillari va muxlislari nomidan marhumning yaqinlariga chuqur hamdardligimizni bildiramiz.
Fikrlar