So’nggi yangiliklar

13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  0 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  2 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  3 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  5 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  2 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  3 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  1 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  8 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  7 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  27 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3

“G'allakor” ikkita o'yin o'tkazdi. Tarkibda yangilar bor Yangiliklar

“G'allakor” ikkita o'yin o'tkazdi. Tarkibda yangilar bor

Jizzaxning “G'allakor” jamoasi bu yil ham birinchi ligada ishtirok etishdan umidvor.
Garchi jamoa nomi qura tashlash jarayonida ro'yxatga kiritilmagan bo'lsada, g'allorolliklar o'tgan mavsum qarzdorliklarini bartaraf etib, bu yilgi badal pulini PFLga to'lab berish orqali yana chempionatda ishtirok etishga umid qilmoqda.

Furqat O'rolov boshqaruvidagi jamoa mashg'ulotlar bilan birga sinov-nazorat o'yinlarida ham ishtirok etmoqda. Jamoa kuni-kecha “So'g'diyona” yoshlar jamoasi bilan kuch sinashib, yirik hisobda g'alaba qozondi.

“G'allakor” – “So'g'diyona” 3:0
Gollar:
Sardor Axadov. Farruh Fayziev. Zafar Narziqulov.

Bugun ham g'allorolliklar nazorat uchrashuvini tashkil etdi. Bu safargi raqib birinchi liga azosi “Zomin” bo'ldi.

“G'allakor” – “Zomin” 2:2
Gollar:
Aziz Malikov. Sirojiddin Abdurasulov.

Tarkibdagi o'zgarishlarga keladigan bo'lsak, o'tgan mavsum “Xorazm” sharafini himoya qilgan Marat Hoshimov va SHahzod Mannonov yana jamoaga qaytgan. SHuningdek “Mashal”dan 1997 yili tavallud topgan futbolchi Temur Mamatov yig'inda ishtirok etmoqda.

Mavsumlar oralig'ida “Neftchi” ko'rigida bo'lgan himoyachi Botir Xolliev ham yana ortga qaytib kelgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика