So’nggi yangiliklar

03:10Италия кубоги. "Милан" "Рома"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди. Шомуродов бир тайм ўйнади  60 03:00"Ньюкасл" жавоб учрашувида ҳам "Арсенал"ни мағлубиятга учратиб, Лига кубоги финалига йўл олди!  4 03:00"Реал Мадрид" қўшиб берилган дақиқалардаги гол эвазига "Леганес"ни таслим этди ва Испания кубоги ярим финалига йўл олди!  14 00:50Goal нашри айни вақтда "Олтин тўп" соврини учун номзодлар рейтингини тузди  8 23:32ОКМК Шимолий Корея терма жамоасига қарши назорат ўйини ўтказади  2 23:00"Қизилқум" Туркия йиғинига жўнаб кетди. Таркибда кимлар бор?  1 22:36Мбаппе "Реал"нинг январь ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлди  3 22:15Озарбайжондаги "ўзбек дербиси"да дуранг қайд этилди. Жалолиддинов 81 дақиқа ўйнади  6 21:57Туркия кубоги. "Ризеспор" "Анқарагучу"ни мағлубиятга учратди. Алиқулов тўлиқ ўйнади  9 21:35"Нефтчи" Туркиядаги назорат ўйинида Қозоғистон клубини мағлубиятга учратди  3 21:12Флик "Барса"нинг биринчи рақамли дарвозабони кимлигини айтди  6 20:48Пике "Реал"нинг ҳакамликдан эътирози ҳақида: "Мадридликлар тарихидаги энг зўр гол офсайддан урилган"  41 19:47"Наполи" нега Гарначони харид қила олмагани маълум бўлди  1 18:23"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  3 17:58Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Тошкентда йиғинга киришди  2

G'alati - "Biz Marsdan kelganmiz..." Yangiliklar

G'alati - "Biz Marsdan kelganmiz..."

"Manga shirinlik mumkinmas, emayman", deb yarim soat arang chidaydigan Abdulaziz; Qalban tan bersa ham, yuziga bildirmaydigan SHahboz; "Fotograf bo'lishni istayman", deb 3 yilda birorta rasm olmagan Xurshida; iPhone 11 va revmatizmi bor Samandar; yomg'ir yog'sayam mendan arazlaydigan Sarvinoz - bularning barchasi kaminani hayron qoldiradi.

Lekin, olam mendan va atrofimdan ancha katta. Tabiiyki, unda g'alati voqealar ko'proq uchrab turadi. Mana, bugun G'ijduvonda o'tkazilgan o'yinni olaylik. Uchrashuvga mutlaq autsayder sifatida etib kelgan "Oqtepa" o'tgan turda peshqadam "Neftchi"ni enggan "Buxoro" darvozasiga 80 daqiqa ichida javobsiz 3 ta gol urishi fantastika bo'lsa, mezbonlarning 10 daqiqada bu farqni yo'qqa chiqarishi fantastikaning o'rtancha xolasi. 

Ha, bu o'yin hech qaerda translyaciya qilinmadi. Lekin bu orqali nimagadir shama qilmoqchi emasman. Bu ishni allaqachon tajribaliroq akalarimiz qilib bo'lishdi.

Buxoro

Azamat Isroilov - 85', Rustam Abduxamidov - 87', Suhrob Ne’matov - 90'

PRO liga. 10-tur

06/06/2021, 18:00

-
:
-
Boshlanmadi

Oq-tepa

Sunnatulla Mamadaliyev - 31', Aziz Pirmuhammadov - 60', Karvalo Da Silva - 81'

PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev shunday yozadi: "Buxorodan dahshatli kambek.

Oqtepa 80-daqiqadan keyin uchinchi golni urib, hisobni yirik ko'rinishga olib kelyapti. Qolgan 10 daqiqa ichida Buxoro 3 ta gol urib, hisobni tenglashtiryapti. Ham hayratga tushasan, ham xavotirga".

O'zbek futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan, bugungi kunda murabbiy sifatida Pro ligada faoliyat yuritayotgan Azamat Abduraimov ham vaziyatdan hayratga tushganini yashirmadi. Yosh bo'lishiga qaramay, ancha-munchani ko'rib qo'ygan Islombek Ismoilov shunday yozadi: "Biz Marsdan kelganmiz, hech narsani tushunmaymiz. SHu tufayli bular xohlaganini qilaveradi".

Yuqoridagi fikrlar sohiblariga tegishli. Biz esa etiboringizga bazi statistikalarni havola qilish bilan kifoyalanamiz.

1. "Oqtepa" 1-turda ham "Buxoro" bilan kuch sinashgan. O'shanda jamoaning 2 nafar futbolchisi o'yinga hakam tomonidan qo'shib berilgan 6-daqiqada ogohlantirilgan.

2. "Oqtepa" 2-turda "Olimpik"ka imkoniyatni boy berdi. O'shanda jamoa darvozasiga penalti belgilandi.

3. "Oqtepa" 4-turda "Istiqlol" bilan o'ynadi (natija keyinchalik bekor qilingan). O'shanda jamoaning 5 nafar futbolchisi ogohlantirilgan (Karvalo da Silva 90-daqiqada).

4. "Oqtepa" 6-turda "Xorazm" bilan o'ynadi. O'shanda uchrashuv taqdiri o'yin oxirida (87-daqiqa) hal bo'ldi.

5. "Oqtepa" 7-turda "Dinamo"ni engdi. O'shanda jamoaning 5 nafar futbolchisi ogohlantirildi (Javohir Baxtiyorov 90+1-daqiqada).

6. "Oqtepa" 8-turda "Neftchi"dan javobsiz 7 ta golni qabul qilib oldi.

7. "Oqtepa" 9-turda "SHo'rtan" bilan durang o'ynadi. O'shanda jamoaning 5 nafar futbolchisi yana ogohlantirildi (Islombek Karimov 90+4-daqiqada).

8. "Oqtepa" 10-turda "Buxoro" bilan o'ynadi. Bunda jamoa 3 ta to'p ustunligini 85-daqiqadan keyin qo'ldan chiqardi.

Ammo, shubhalanishga hech qanday hojat yo'q. Bugungi kabi holatlar jamoada tez-tez uchrab turadi. Jumladan, o'tgan mavsumda ham "Oqtepa" bir necha bor hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda ochko yo'qotgan yoki mag'lubiyat olib keluvchi golni o'tkazgan. Quyida shu haqda: 

9. "Oqtepa" 17-turda "Istiqlol" bilan o'ynadi. O'shanda farg'onalik futbolchilarning g'alaba goli 90+1-daqiqada urilgan edi.

10. "Oqtepa" 15-turda ham "Istiqlol" bilan o'ynagan. Bunda ham farg'onaliklarning g'alaba goli hakam tomonidan qo'shib berilgan 3-daqiqada urilgan.

11. "Oqtepa" 9-turda "Turon"ga yutqazdi. SHu bahsda Toshkent klubi dastlab 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi. Yaypanliklarning g'alaba goli hakam tomonidan qo'shib berilgan 1-daqiqada urildi. Uchrashuvdagi gollardan biri avtogol, biri penaltidan "tug'ilgan".

12. "Oqtepa" 8-turda "Zomin" maydonida ham hakam tomonidan qo'shib berilgan 4-daqiqada gol o'tkazib yuborgan.

Xullas, hayrat ham, xavotir ham o'rinli. "Oqtepa" shunday jamoaki, murabbiylar almashsa ham, klubning geni hech qachon o'zgarmaydi. Bu ketishda klub hali sport natijalari jihatdan muvaffaqiyatga erisholmasa kerak...

FR

Muallif :
Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика