So’nggi yangiliklar

15:11Фергюсон МЮнинг 2025 йилдаги энг яхши трансферини айтди  1 14:43"Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани сотиб олиши мумкин  2 14:12"Барселона" Рэшфордни сотиб олишга мойил  3 13:26Йошко Гвардиол — "Барселона"нинг трансфер мақсади  8 12:58"Манчестер Юнайтед" Дюмфрисни нишонга олди  1 12:25Нико Пас "Реал" туфайли "Манчестер Сити", "Ливерпуль”, "Челси" ва "Арсенал" таклифларини рад этди  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  8 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  1 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  5

"Galatasaroy"dan taklif, do'stiga "vilka" tiqib olgani - Ronaldu bilan birga fint qilgan SHohjahon hozir qaerda? Yangiliklar

"Galatasaroy"dan taklif, do'stiga "vilka" tiqib olgani - Ronaldu bilan birga fint qilgan SHohjahon hozir qaerda?

2009 yil Toshkentga jahon yulduzi Krishtianu Ronalduning kelishi katta shov-shuvlarga sabab bo'lgandi.

O'shanda poytaxtimizdagi JAR stadionida Ronaldu bilan birga turli fintlarni amalga oshirgan bolakay yodingizdami?

Ha, bu o'sha kelajagi porloq deb qaralgan, ulkan umidlar bog'langan SHohjahon Hasanov. Juda erta ommaga tanilgan bolakay afsuski, katta futbolda o'z o'rnini topib keta olmadi. "Oq-tepa", "Andijon", "Lokomotiv", "Sug'diyona" jamoalarida o'zini sinab ko'rdi. Biroq, o'xshamadi. Yaqinda Abdulhafiz Abdulhamidov boshchiligidagi "Futbol Taym" ijodkorlari SHahrihon shahrida bo'lib yuqorida zikr etilgan SHohjahon Hasanov bilan intervyu tashkil qilishdi. Bugungi kunda futboldan boshqa sohada faoliyat olib borayotgan SHohjon Hasanov nima sababdan "Bunyodkor"dan ketganligi, Turkiya klubidan tushgan taklif va futbolimizning bugungi kamchiliklaridan biri haqida gapirdi. 

"Bunyodkor"ga kelganimdan yarim yil o'tib Ronaldu kelishini aytishdi. Avval ishonmay yurdim. Keyin u keldi. CHiqib fintlar qildik. "Bunyodkor"da o'qishni davom ettirdim, mashg'ulotlarda ishtirok etdim. Ronalduni o'zi olib ketadi degan gaplar ham bo'lgan. Lekin, barchasi o'zimni qo'limda emasdi. Tepamda rahbarlar bor edi. Bir yil o'tib "Galatasaroy" jamoasidan taklif tushgan. Murabbiy Fotix Terim edi. Klub akademiyasiga taklif qilgandi. U erga ham bormaganman. Buni o'ziga yarasha sabablari bo'lgan. Natijada "Bunyodkor"da qoldim. Balki, yanada qimmatroqqa sotishni mo'ljallashgandir. So'ng ishlarim chappasiga ketdi. Juda asabiy bo'lib qoldim. Ruhiy tomondan pasayish bo'ldi. Mashg'ulotlarga ham bir chiqib, bir chiqmadim".

SHohjahon Hasanov "Bunyodkor"dan nima sababdan ketganini quyidagicha izohladi.

"Farrux degan yaqin do'stim bo'lardi. Bir kuni kechki payt ovqatlanib o'tiribmiz, nimadandir janjal chiqdi. O'sha payt qo'limda vilka turgandi. Vilkani ko'ziga yaqin joyga tiqib oldim. Lushan kelib akademiyadan haydadi. Klubdan emas, bazadan ketishimni so'radi. Ko'chada yurganimda malum vaqt yordam berdi".

Suhbat jarayonida "Andijon" bilan bog'liq vaziyat va mahalliy futbolchilar haqida ham gapirib o'tdi.

"Hozirda "Bunyodkor" direktori Ulug'bek Mirzaev o'sha payt "Andijon"da ishlardi. Ularni taklifi bilan ushbu jamoaga o'tdim. Lekin, asosiy tarkibga kira olmadim. Endi bu jamoada shunaqa narsa borki, klub o'zidan chiqqan mahalliy futbolchilarni asosiy tarkibga kiritmaydi. Imkoniyat berilmaydi. O'zim shu narsani guvohiga aylandim. Masalan, "Bunyodkor" o'zini akademiyasidan chiqqan bollarga ishonch bildiradi. CHetdan o'yinchi olmaydi. "Andijon"da esa chetdan kelganlarni tepaga ko'tarishadi. Bo'lmasa, o'zimizda ham yaxshi futbolchilar bor. Lekin, imkoniyat berishmaydi. SHuning uchun ham oxirgi o'rinlarda yuraverishadi. 

Futbol o'ynab turib bir ikkita fint qilsangiz, murabbiylar sen Neymarmisan, Messimisan degan gaplarni aytishadi. Ularga oddiy futbolchilar kerak, to'pni egallaydi pas beradi yoki tepadigan. Hozir bitta shu Jaloliddin Masharipovni aytishim mumkin. U o'zini ishini qilyapti. Futbolchilarni ramkaga tushirib qo'yishmoqda. Bugungi kunda cement savdosi bilan shug'ullanmoqdaman. Tog'amni o'g'illari bilan shu sohada hamkorlikda ishlamoqdamiz",- deydi SHohjahon Hasanov "Futbol Taym" ko'rsatuvida.




Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика