"Galatasaroy" yuqori maosh sabab Falkao bilan xayrlashmoqchi
03 avg 2021 11:52
Yangiliklar
"Galatasaroy" yuqori maosh sabab Falkao bilan xayrlashmoqchi
"Galatasaroy" hujumchi Radamel Falkao bilan xayrlashmoqchi.
35 yoshli kolumbiyalik futbolchining shartnomasi yana bir yilga amal qiladi, ammo klub jamoadagi eng yuqori maosh oluvchi o'yinchilardan biriga pul to'lashda davom etmoqchi emas.
OAVning malumotiga ko'ra, Falkao bir mavsum uchun 5,2 million evro maosh oladi.
35 yoshli hujumchi o'tgan mavsum 18ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar