"Galatasaroy" Falkaoni sotib olishi mumkin
25 iyu 2019 11:47
Yangiliklar


"Galatasaroy" Falkaoni sotib olishi mumkin
"Monako" hujumchisi Radamel Falkao yozda jamoani tark etishi mumkin.
Turklar 33 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun shartnoma ham tayyorlab qo'yishgan.
"Galatasaroy" Falkao bilan ikki yillik shartnomaga erishmoqchi. Klub rahbariyati forvardning tajribasi jamoaning CHempionlar Ligasidagi yaxshi ishtirokini taminlaydi deb hisoblashmoqda.
Hujumchining "Monako" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Falkao yakunlangan mavsum "Monako" safida 39ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol va 2ta assistga erishgan. transfermarkt.de forvardni 12 million evroga baholamoqda. Hujumchi "Monako"ga 2016 yilda "CHelsi" safidan kelib qo'shilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar