So’nggi yangiliklar

00:43Мбаппеда бир неча ойдан бери руҳий муаммолар бор (L’Equipe)  1 00:16Тайрелл Маласиа 17 ой деганда майдонга қайтмоқда. У бугун ўринбосарлар сафида футбол ўйнайди  0 23:33Шомуродов, Ашурматов ва Файзуллаев ҳам қўшилди. Ўзбекистон МТЖнинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 23:19Фрэнк Лэмпард мураббийликка қайтиши мумкин, аммо...  0 22:50Лисандро Мартинес жароҳат сабаб Аргентина терма жамоаси ўйинларида иштирок этмайди  0 22:10Родри "Олтин тўп"да кимларга овоз берган бўларди? Футболчининг ўзи жавоб берди  10 21:42Элдор Шомуродов: "Қатарга қарши ғалаба учун майдонга тушамиз, аммо гол ўтказиб юбормаслик ҳам жуда муҳим"  14 21:07"Ливерпуль" академияси: Сен ёлғиз эмассан  1 20:51Рустам Ашурматов: "Жамоавий ўйин бўйича Қатардан устунроқмиз"  3 20:0112 йиллик армон ёхуд "Насаф"ни чемпион қилган Рўзиқул Бердиев билан эксклюзив интервью   7 19:32ПСЖ бу сафар Тибо Куртуани сотиб олишга уриниб кўрмоқчи  3 19:13Рафинья Ямалга 10 минг фунтлик тилла "iPhone" совға қилди  6 18:41Неймар: "Шу ҳафтанинг ўзида 3 та фейк хабар чиқди. Бразилия менга бундай муносабатда бўлаётганидан хафаман"  12 18:10Беларусь терма жамоаси ҳужумчиси виза билан муаммо туфайли Миллатлар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  0 17:46"Бавария" Ян Кристиан Дризен билан шартномани узайтирди  1

G'alaba sizga yor bo'lsin! Yangiliklar

G'alaba sizga yor bo'lsin!

Teglar :  O'zbekiston MTJEron
Ertaga o'zbek futboli uchun oxirgi 3 yildagi eng muhim o'yin bo'lib o'tadi.

Erondagi ulkan "Ozodi" stadioni bu voqelikka mezbonlik qiladi. Ertangi bahsni forslar ustozi Karlos Keyrush Eron futbolining yangi tarixidagi eng muhim o'yin deb atagan va shuni qo'shimcha qilib o'tgan: "Biz O'zbekistonga qarshi huddi Jahon chempionati finalida o'ynayotgandek o'ynashimiz kerak". Ko'rib turganingizdek, bu to'qnashuv o'zbek va fors futbolidagi eng muhim o'yin bo'ladi.

Terma jamoamiz kecha charter reys bilan Tehronga etib bordi va u erda dastlabki mashg'ulotni ham o'tkazib ulgurdi. Termamizda hozircha hammasi joyida, shundayligicha qolsin ham.



O'YIN HAQIDA

Jamoalar o'tgan yilning oktyabr oyida Toshkentda o'zaro bellashishgan edi. O'shanda Jalol Husaynining jarima zarbasidan keyin boshi bilan urgan goli forslarga g'alaba keltirgan edi. Ertaga esa vakillarimiz uydagi mag'lubiyat uchun safarda revansh olishlari kerak.

Tarkibimizda bir qator yo'qotishlar mavjud. Avvaliga jarohat sabab Vitaliy Denisov, Islom To'xtaxo'jaev va Aleksandr Merzlyakov kabi himoyachilarimiz o'yinni o'tkazib yuborishlari malum bo'lgan edi. Tailandga qarshi bo'lib o'tgan bellashuvda esa Marat Bikmaev ham jarohat oldi. Bular orasida Denisov va Bikmaev biz uchun juda katta yo'qotish. Marat fantastik formaga kirib olgan edi, Tailandga qarshi o'yinning birinchi bo'limida aynan u terma jamoamiz tarkibida eng faol o'yinchi bo'lgan edi. Bos ustiga uning gavda bilan yaxshi o'ynay olishi ham forslarga qarshi juda zarur edi. Endi o'ng qanot vingeri rolini Sardor Rashidov bajaradi. Sardordan 5 kun oldingi golidan yana bitta kutib qolamiz, lekin bu safargi raqib unga qarab olib zarba berishi uchun hatto 2 soniya ham vaqt bermasligi mumkin. Tailandga qarshi Rashidov to'pni ko'p bor yo'qotdi, bunday harakatlar ertaga bizga juda qimmatga tushishi mumkin. Sardorning imkoniyati eronliklarni dog'da qoldirishga etadi va biz bunga ishonamiz. Ertaga vingerimiz raqib himoyachilarini ortidan yugurtirib yurishini ko'rishni butun xalqimiz ich-ichidan istaydi.

Vitaliy Denisov o'tgan yil Toshkentda o'tgan bahsda raqibning eng xavfli o'yinchilaridan biri Mexdi Taremiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi. Taremiga qarshi yakka kurashlarning barchasida bizning "Tor" g'alaba qozongan edi. Afsuski, ertaga Samvel Babayan uning xizmatlaridan foydalana olmaydi. Uning o'rnida harakat qilishi mumkin bo'lgan Aleksandr Merzlyakovda ham jarohat bor. Tailandga qarshi Stalislav Andreev chap qanot himoyasida to'liq o'ynadi, shu joyda to'p tepishi mumkin bo'lgan Farruh Sayfiev esa umuman maydonga tushirilmadi. Demak, Eronga qarshi aynan Andreev asosiy tarkibdan joy oladi. Keyrush juda ham aqlli va ayyor. Denisov o'ynamasligi hisobiga Keyrush hujumning istalgan joyida o'ynay oladigan Taremini yana o'sha o'ng qanotga qo'ysa kerak. Bunda, Taremi bizning chap qanot himoyachimizga qarshi chiqadi. Toshkentda Vitaliydan "tarsaki" egan Mexdi, Tehronda o'sha "tarsaki"ni Stasga qaytarishga urinadi. Demak, ertaga Andreevga juda va juda qiyin bo'ladi. Uni doim bitta sherigi "yopib" turishi kerak bo'ladi. Tayanch zonadagi futbolchimiz Andreevga yordamlashgani bora olmasligi mumkin, chunki raqib hujumining ikkinchi tempida bo'sh zonalar paydo bo'lib qolishi mumkin. Markaziy himoyachilarimizdan biri ham qanotga yordamlasha olmasligi mumkin. Aks holda, jarima maydoniga bitta "naves" va bo'ydor forslar bizni jazolab ketadi. Bitta variant qolmoqda, chap qanot yarim himoyachisi. Tailandga qarshi o'yinimizdan kelib chiqsak, ertaga chap qanot vingeri vazifasini Eldor SHomurodov bajaradi. Eldor ertaga doimiz tarzda ortidagi himoyachiga yordamga borishi kerak. Raqib hujumi payti qanot himoyasiga faqatgina qanot yarim himoyachilari yordamga kelishlari kerak. Boshqa nuqtada harakat qiladiganlar o'z joylarini nazorat qilishlari kerak. Kimdir biz lahzaga o'z zonasini qarovsiz qoldirsa, Keyrush shogirdlari o'sha joydan hujumni keskinlashtirib yubora oladilar.



Markaziy himoyada Anzur Ismoliov va Egor Krimec juftligi harakat qiladi. Himoyalanish paytida juda katta bosim aynan ularga tushadi. Anzur himoyamizning asosiy etakchisi va boshqaruvchisi. Ertaga u himoyadagi sheriklarini to'g'ri boshqarish hisobiga raqibga imkon bermaslikka intiladi. O'ng qanot himoyasida esa Akmal SHorahmedov o'ynasa kerak. Har holda endigina jarohatdan qutulib umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilgan Davron Hoshimovni asosiy tarkibda tushirish xato bo'ladi menimcha. Hujumga qo'shilish borasida SHorahmedov Hoshimovdan ko'ra yaxshiroq sifatlarga ega. Boz ustiga, Akmal terma jamoa safida to'p tepishni juda sog'ingan va bu narsa uning foydasiga ishlaydi. Undagi ishtiyoq raqib vingeriga imkon bermasligi kerak.

Darvozada Aleksandr Lobanov turadi. Ertaga undan ishonchli o'yin kutamiz, muhimi u uchrashuv boshida to'p bilan bir-ikki muomala qilib olishi kerak. Hech bo'lmasa, havodan uzatilgan to'pni ushlab olib bo'lsa ham. Sababi, darvozabonlar uchun o'yin boshidan to'pni his qilib olish juda muhim. Kiper boshidan to'pni his qilsa va o'ziga ishonch paydo qilib olsa, 90 daqiqa davomida o'sha ishonchni yo'qotmaydi.

Hujumda Igor Sergeev to'p tepadi. Igorning qolgan hujumchilarimizdan ustun tarafi to'pni o'zida yaxshiroq saqlay oladi va elkama-elka kurashda foydaliroq. Muxlislar uning terma jamoa tarkibida bosh bilan uradigan gollarini sog'inib qolishgan. Eronning baland bo'yli himoyachilariga qarshibu oson bo'lmaydi. Lekin, baribir undan gol kutamiz.

Va nihoyat, terma jamoamizning eng kuchli va ishonchli joyiga etib keldik. Markaz - bizning ustunligimiz. Toshkentda Odil Ahmedov o'ynay olmagan, Server Jeparov esa birinchi bo'limda jarohat olib maydondan chiqib ketgan edi. Ayni paytda esa Haydarov, Afonin, Ahmedov, Musaev va Jeparovlarning bari soppa-sog'. Kamiga Murod Xolmuhammedov ham tayanch nuqtada o'ynay oladi. Ertaga markazdagi ustunligimiz Odil Ahmedovning o'yiniga bog'liq bo'ladi. Odil terma jamoada ikki hissa kuch bilan o'ynashga odatlangan. Agar markazda ustunlikni boshidan qo'lga olsak, u holda aynan markazdagi o'yinchilarimizning qo'llashi yordamida qanotlarda ham hukmronlik qilishga urinib ko'rsak bo'ladi.

Ertaga biz ikkita jihat evaziga ustunlik qilishimiz mumkin. Standart vaziyatlar va qarshi hujum. Pozicion hujumlarda esa forslar bizga imkon qoldirmasligi aniq. Ushbu bosqichda hali o'z darvozasidan to'p olib chiqmagan Eronning qati himoyasi qarshi hujum paytida biroz parchalanishi mumkin. Qolgan holatlarda ular imkon berishmaydi. Standart vaziyatlar aslida Eronning ustunligi. CHunki, ular doim standartlarni qoyillatib kelishmoqda. Lekin, ertaga bir kuncha bu ustunlikni qo'lga olishimiz kerak. Eron standartlarda havoda ustunlik qilish bilan birga qaytgan to'plarga ham egalik qilishga odatlanishgan. Bu bilan ikkinchi tempda ham ustunlik qilishadi. SHu narsa biz tomonda bo'lishi kerak. Standartlarni Jeparov amalga oshirgan paytda Ahmedov va Haydarov ikkinchi tempda turishi kerak. CHunki, ularda kuchli zarba bor. Qaytgan to'plarga ko'proq egalik qilish ko'proq imkoniyat degani.



MUNOSABAT

Eron bugungi kunda Osiyoning eng kuchli terma jamoasi. Balki, forslar ko'plab hujumlar uyushtirishmas va gollarni qatorlashtirib tashlashmas. Lekin, ular hozir eng kuchli. Eronning tarkibiga qarang. Super o'yinchilar. Ularning har biri o'z jamoalarida asosiy o'yinchi. Hujum chizig'i fantastik o'yinchilardan iborat. Ular bizdan kuchli, buni tan olishga majburmiz. Keyrush barcha o'yinlarda taktikaga qati amal qilmoqda va 1% ham tavakkal qarorlar qabul qilmayapti. Eron ertaga 100 ming muxlis qarshisida Jahon chempionati yo'llanmasini rasman hal etish uchun borini beradi. Biz ham huddi shunday holatdamiz. Ertangi o'yin kurashni pley-off uchun yoki to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma uchun davom ettirishimizni belgilab beradi.

SHu kungacha terma jamoamizga, futbolchilarga va murabbiylarga ko'plab etirozlar bo'ldi. Hozir esa hamma bir bo'lib ularni qo'llab-quvvatlaydigan payt. Futbolchilarimiz sizning qo'llashingizni his etishlari kerak. Bu qo'shimcha kuch bo'la olmaydi, lekin tayyorgarlik jarayonida dalda bo'lishi aniq. O'yinchilarni haqorat qilishni bas qilaylik, ular shunchaki yutqazish uchun maydonga tushishmaydi. Yoki bo'lmasa, g'alaba uchun oladigan premiya uchun o'ynashmaydi. Ishoning, terma jamoadagilarning juda ko'pi, ayniqsa legionerlar klubida bundan ancha ko'p oladi. Milliy terma jamoada ular VATAN shani uchun maydonga tushishadi. Mag'lubiyatga uchralganda tanqid bo'lishi tabiiy va bu normal holat. Lekin, juda muhim o'yin oldidan keskin gaplar va fikrlar ortiqcha nazarimda. Ayni shu sabab, terma jamoamizning Toshkentda o'tkazgan mashg'ulotlaridan tayyorlagan fotomaqolalarimda futbolchilarni qo'llab-quvvatlashga va yumorga asosiy urg'uni berdim. Ularning kayfiyatlari ko'tarinkiligini ko'rsatib berishga urindim. Bu orqali futbolchilardagi ko'tarinkilik muxlislarga ham o'tishiga umid qildim. Hozir shunday pallaki, barchamiz bir bo'lib bir maqsad sari qo'limizdan kelishi mumkin bo'lgan ishni bajarishimiz kerak. Ertaga kim terma jamoamiz mag'lub bo'lishini xohlaydi? Hech kim. Har birimiz ich-ichimizdan yigitlarni duo qilamiz, har bir keskin vaziyatda o'rnimizdan qalqib turamiz. 90 daqiqa hayajondan nafas olishgada qiynalamiz. CHunki, bu - terma jamoa. Har qancha so'kmaylik, o'yin kuni baribir ularni olqishlaymiz va yutib kelishlarini niyat qilamiz. Ertaga juda ko'p tanqid qilinadigan Andreev qanotdan to'p uzatsin-u, uni tanqidlarga ko'milib ketgan boshqa bir o'yinchimiz Igor Sergeev darvozaga aniq yo'llasin. Biroz oldin ularni so'kib o'tirganlar uyalib qolishadi. Lekin, o'sha uyatda qolganlarning barchasi bundan hursand bo'lishadi. Insonlar izza bo'lganlaridan ham sevinishadi, buni MILLIY TERMA JAMOA deydilar. Hammamiz Eron kuchliroq ekanligini bilamiz, lekin futbolchilarimiz imkoniyatlaridan bir bosh baland sakrashlari uchun olqishlaymiz. Hammamizning ichimizda faqat va faqat O'z-be-kis-ton, O'z-be-kis-ton, O'z-be-kis-ton degan nido yangraydi.


MOTIVACIYA

Futbolchilarimiz "Ozodi"da 100% kuch bilan to'p tepishsa, raqibni mag'lub eta olishmaydi. Ulkan stadionda mezbonlarni taslim etish uchun 120% kuch bilan o'ynash talab etiladi. 20% kuch bu - MOTIVACIYA.

Sizlarga butun xalqimiz ko'z tikib o'tirishadi. Ota-onangiz farzandlarining yuzini yorug' qilishini yaratgandan so'rab bir lahzaga bo'lsada, qo'llarini duodan uzmaydilar. Ertaga g'alaba qozonsangiz ota-onangiz quvonchdan ko'z yoshlarini tiya olishmaydi. Farzandining yutug'ini ko'rgan har bir ona ho'ng-ho'ng yig'laydi. Juda ham kichikligingizda jiddiyroq kasal bo'lib yotib qolganingizda onangiz qanchalik yig'lagani, allohdan sizga shifo so'rab kechalari mijja qoqmagani esingizdami? O'shanda siz katta bo'lsam, onamni hech qachon yig'latib qo'ymayman, hamisha kulib yurishlari uchun qo'limdan kelganini qilaman deb o'zingizga so'z bergansiz. Lekin, ertaga siz o'sha yig'latmayman deb so'z berganingiz onangizni yig'latishingiz mumkin. Sizning deyarli imkonsizdek tuyulayotgan g'alabani qo'lga kiritishingiz onangizni yig'latadi. Quvonchdan, faxrdan yig'latadi. Ertaga har bir futbolchilarimizning onalari farzandlarining yutug'idan ko'zlariga yosh olishsin. O'stirib katta qilgan sizdek o'g'illaridan mingdan-ming rozi bo'lishsin. Ertaga butun xalqimiz sizga ko'z tikib o'tiradi. Muxlislarni yig'lating, otangizni, buvi va buvangizni yig'lating, ONAlaringizni yig'lating!

G'alaba sizga yor bo'lsin!


Tolibjon Qosimov

Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика