So’nggi yangiliklar

10:51Фабио Каннаваро: "Ҳар бир футболчи ўзини миллий терма жамоанинг бир қисми бўлишини ҳис қилиши зарур"  2 10:20САфарда. "Нефтчи" Қирғизистон чемпионини мағлуб этган ўйинга бордик. Сайфиев ва Тўраев нималар деди?  0 09:59"Насаф"да қишки "перезагрузка": Бердиев жамоаси янги мавсумга қай даражада тайёр?   3 09:05Легионерларимиз. Шерзод Темиров Ироқ чемпионатидаги 13-голини урди, жамоаси ғалаба қозонди  0 08:35Футзал. Осиё Кубогида сенсация: Индонезия Японияни енгиб, финалга йўл олди  5 08:09"Металлург" - "Локомотив" U-21 учрашуви манзили ўзгарди  1 07:43Сияваш Ҳақназарий ОКМКга қайтди  2 03:04Испания Кубоги. 5:0 ва "Атлетико" ярим финалда!  9 02:55Бергамода йирик ҳисобда ютқазган "Ювентус" Италия Кубогини тарк этди  6 01:02Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди  33 00:33Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол"дан йирик ғалаба, Бенземадан дебютдаёқ хет-трик!  28 00:14"Барселона" ёзда яна бир дарвозабонидан воз кечмоқчи  9 23:52Родриго икки ўйинга четлатилди  1 23:35"Нефтчи" "Истиқлол" стадионини трансляция учун интеграциялашган кабеллаштириш юзасидан биринчилардан бўлиб шартнома имзолади  5 23:19Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши баҳсни ҳам ўтказиб юборади  31

Gabriel Obertan: Fergyuson afsona Yangiliklar

Gabriel Obertan: Fergyuson afsona

Manchester Yunayted va Nyukaslning sobiq yarim himoyachisi Gabriel Obertan yozda Mahachqalaning Anji klubi safiga qo'shildi.

Mahoratli futbolchi xorijlik hamkasblarimizga bergan intervyusida ser Aleks Fergyusonni qanchalik hurmat qilishi, Internet tarmoqlaridagi xabarlarga etibor qaratmasligi va boshqa malumotlar haqida gapirdi.

- RFPLda Diarra, Valbuena, Fibel, Vanker singari futbolchilar to'p surishgan. Ular bilan maslahatlashdingizmi?


- Avvalroq Lassana Anji va Rossiya chempionati haqida gapirgandi, shu bois bu borada qisqacha tasavvurga ega edim. Mahalliy sharoitga tezda moslashdim, ortiqcha qiyinchiliklarga yo'liqmadim. Klubda meni yaxshi kutib olishdi.

- Bordoda Loran Blan qo'l ostida shug'ullangansiz. Eski tanish-bilishchilik hurmati Franciya termasi tarkibidan joy olishga umid qilyapsizmi?


- Darhaqiqat, munosabatlarimiz ajoyib edi, u endigina murabbiylik faoliyatini boshlayotgandi. Ammo Loran bilan do'stlik rishtalarini bog'lashga ulgurmaganman, chunki boshqa jamoaga o'tgach, hammasi qaytadan boshlanadi. Yangi tanishlar, yangi sheriklar... Blan menga qo'ng'iroq qilib, termaga chaqirsa xursand bo'lardim, ammo Bordodan ketgach, yaqinligimiz barham topgan.

- Ser Aleks Fergyuson bilan ilk tanishuv qanday kechgan?


- SHartnoma tuzish chog'i uchrashgandik. O'shanda shifokorlar jarohatim borligini aniqlab, bitim imzolash shart emasligini takidlashgan. Ammo Fergyuson tiklanish uchun imkoniyat berishi, menga ishonishini aytgan. MYU - o'ziga xos jamoa. Boy tarixga ega, Skoulz va Giggz singari yuksak mahorat egalari bilan elkama-elka to'p surasan.

- Loran Blan va Kristian Gurkyuff muammolaringiz ruhiy holatingiz sababli kelib chiqishini takidlashdi...


- Barchasi tajriba va yosh tufayli vujudga keladi. Hammadan tez bo'lishga intilardim, ammo professional tomondan menga nimadir etishmasdi. Maqsadimga erishish uchun vaqt kerak edi. Umuman, murabbiylar borasida omadim kelgan, ammo hech kim ser Aleksga etolmaydi. Uning har bir qarori, harakatlari tahsinga sazovor. Fergyuson - afsona!

- MYUda hamisha ajoyib futbolchilar to'p surishgan. Nahotki, ular orasidan hech kim yulduzlik kasaliga chalinmagan bo'lsa?


- Ularning hammasi professionallar. Bazan futbolchilardan ham muhim bo'lgan holatlar uchraydi. Men o'ynagan paytdagi MYU azolari o'zlarini bir oila vakillaridek tutishardi. SHunday o'yinchilar bilan birga to'p surganimdan faxrlanaman, ulardan ko'p narsa o'rgandim.

- Jarohat tufayli Nyukaslda omadingiz yurishmadi, biroq ishqibozlar sizni tushunishmadi. SHunda og'ir holatga tushgandirsiz?


- Vaziyatdan kelib chiqib ish tutaman. Internetda men va jamoam haqida nima yozishayotganiga qiziqmayman. CHunki ko'pincha shaxsiyatga tegish hollari, nafaqat sen, balki oilang va yaqinlaring haqida turli gap-so'zlar ko'payishi kuzatiladi. Bularga aloqador bo'lishni istamayman. SHu bois, ishqibozlarning munosabatlaridan ham bexabarman.

- Sizningcha, Anji katta futbolga qaytishingiz uchun imkoniyat beradimi?

- Ha, muntazam maydonga tushish, doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish, tajriba to'plash va eng yaxshilar qatoriga qo'shilish imkoniyati tug'ildi. Umuman olganda esa, jamoamning hamisha g'alaba qozonib, sovrinlarga ega chiqishini xohlayman. Bu borada doimo yordam berishga tayyorman.

O'.UMAROV tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика