Gabriel Batistuta:"Faoliyatim tugaganidan so'ng, shifokordan oyog'imni kesib tashlashni so'ragandim"
28 avg 2014 20:27
Yangiliklar
Gabriel Batistuta:"Faoliyatim tugaganidan so'ng, shifokordan oyog'imni kesib tashlashni so'ragandim"
Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Gabriel Batistuta, faoliyati yakunlangandan so'ng oyog'i bilan yuzaga kelgan muammolar haqida gapirib berdi.
"Faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng, deyarli yura olmasligimni his qildim. Bazida xojatxonaga ham chiqa olmasdim. Men turishni xohlamasdim, chunki tursam oyog'imdagi og'riq yanada kuchayar edi.
Oyog'im qattiq og'riganidan, shifokordan uni kesib tashlashni so'raganman. CHunki og'riqqa chidab bo'lmasdi. Men Oskar Pistoriusni ko'rdim va shu yo'l bilan muammondan qutilishim mumkinligini o'ylab qoldim.
SHifokor rad etdi va meni aqldan ozganimni aytdi. U meni oyog'imni bint bilan o'rab qo'ydi.
Muammo shunda ediki, oyog'imda kuch yo'q edi - mening 86 kg og'irligimni shunchaki suyaklarim ko'tarib turar edi. Vaqt o'tishi bilan hammasi o'z joyiga tusha boshladi" - deydi Batistuta.
Futbolchi "Nyuells Old Boyz", "River Pleyt", "Boka Xuniors", "Fiorentina", "Roma" va "Inter" safida o'ynagan va faoliyatini 2005 yilda tugatgan.

Fikrlar