Gabit Sapargaliev butsalarini mixga ildi...mi?
10 noy 2013 09:41
Yangiliklar

Gabit Sapargaliev butsalarini mixga ildi...mi?
Gulistonlik himoyachi aftidan futbol o'ynashni bas qilgan ko'rinadi.
Muborakning “Mashal” jamoasida ko'p yillardan buyon o'ynab kelgan Gabit Sapargaliev bu yil yashil maydonda ko'rinish bermadi.
Surishtiruvlarimizga ko'ra, oxirgi paytlarda tajribali himoyachini jarohatlar qiynab yuborgan. SHuning uchun ham Sapargaliev “Mashal”ga birinchi ligada yordam bera olmadi.
Aytish joizki, 2002 yildan buyon “gazchilar” sharafini himoya qilib kelgan Gabit ortda qolgan mavsumlarda jami 231ta o'yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 11 bor aniq nishonga olgan.

Mavsum-2013ni muxlislar qatorida kuzatgan futbolchi katta extimol bilan butsalarini mixga ilgan ko'rinadi. Albatta 33 yoshli himoyachini yana katta futbolga qaytishini oliy hakam vaqt ko'rsatadi.
Islombek Rustambekov

Fikrlar