Fyoller: "Mxitaryanni "Bayer" ham sotib olmoqchi edi"
05 dek 2013 16:27
Yangiliklar

Fyoller: "Mxitaryanni "Bayer" ham sotib olmoqchi edi"
Leverkuzenning "Bayer" klubi sport direktori Rudi Fyoller klub Armaniston terma jamoasi yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanni sotib olishga uringani haqida aytib berdi, deb xabar bermoqda nemis OAV.
Ammo Mxitaryan Dortmundning "Borussiya" klubiga ko'chib o'tdi. Fyoller "Bayer" "Borussiya" va "Bavariya" kabi klublar bilan raqobat qila olmasligini tan oldi.
"Rostdan ham, Mxitaryanga biz ham qiziqqandik, ammo 25 million evro to'lay olmadik. "Borussiya" futbolchilarining umumiy narxi bizning futbolchilar narxidan ikki baravar ko'proq. "Bavariya"ga kelsak bu Evropaning eng yaxshi klubi. Ular faqat Germaniya chempionligi haqida emasa, yangi rekordlar haqida o'ylashadi", - deydi Fyoller.

Fikrlar