Futzal. Javlon Anorov: “Ko'proq omadim keldi deb o'ylayman”
11 dek 2014 12:06
Yangiliklar

Futzal. Javlon Anorov: “Ko'proq omadim keldi deb o'ylayman”
Kecha Samarqandda futzal bo'yicha XIX milliy chempionatimizning 2-tur bellashuvlariga start berildi.
CHempionat peshqadamlaridan biri “Olmaliq” kechagi bahsda Qarshining “Nasaf” jamoasini yirik 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'yindan keyin ushbu uchrashuvda xet-trik qayd etgan Javlon Anorov bilan suhbatlashdik.
“Turdagi birinchi o'yinimiz bo'lgani uchun bahs og'ir kechdi. Birinchi bo'limdan keyin murabbiyimiz to'g'ri ko'rsatmalar berdi, qarshi hujumlarga o'tdik va natija bo'ldi. Ikkinchi bo'limda “Nasaf”ning bo'sh joylarini topa oldik va hisobni yiriklashtirdik.
Bu uchrashuvda o'zimni ko'proq hujumga qaratdim, gol urishga ishtiyoqim kattaligigami yoki hujumda to'g'ri joy tanlay olganim uchunmi uchta gol urdim. Lekin ko'proq omadim keldi deb o'ylayman”, - deydi Javlon Anorov.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar