So’nggi yangiliklar

11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  2 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  8 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  30

Futzal. Yaponiya - Vetnam uchrashuvidan oldin murabbiylar fikrlari Yangiliklar

Futzal. Yaponiya - Vetnam uchrashuvidan oldin murabbiylar fikrlari

Teglar :  VetnamYaponiya
16 fevral kuni Osiyo chempionati chorak finalidan oldin 8ta jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Yaponiya - Vetnam bosh murabbiylari o'z fikrlarini bildirishdi.

Bruno Garsiya (Vetnam bosh murabbiyi): Ertaga Vetnam terma jamoasini qiyin o'yin kutib turibdi. Yaponiya oxirgi ikki Osiyo chempionatida chempion bo'lgan. SHuning o'zi ham raqib haqida barchasini aytib turibdi.

- Yaponiyaga qarshi o'yindan oldin shogirdlaringizni qanday ruhlantira olasiz?
Bruno Garsiya:
- Yaponiya so'zsiz favorit. Ertangi o'yinda kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. Ammo har bir jamoaning kuchli va kuchiz tomonlari bo'ladi. Biz yaponlarning kuchsiz tomonlarini topishga harakat qilamiz.

- Ertangi o'yindan oldin yo'qotishlar bormi?
Bruno Garsiya:
- Jamoamizda jarohat olgan futzalchilar bor. Ular Tailand bilan o'yinda maydonga tusha olishmadi. Agar ertagacha tuzalishmasa qolgan futzalchilar bilan o'ynamiz.

- Yaponiya murabbiyi matbuot anjumaniga kelmadi. Bunga munosabatingiz...
Bruno Garsiya:
- Buni bilmayman. Balki u yo'ldadir, balki matbuot anjumani kechroq boshlanadi deb o'ylagandir. Boshqa sabab ko'rmayapman.

- Vetnamning “Tay Son Nam” klubi haqida malumot bersangiz.
Bruno Garsiya:
- Bu klub Osiyoda eng kuchlilardan biri, Vetnamda esa u birinchi raqamli klub hisoblanadi. Ligada ishonch bilan etakchilik qilmoqda.  

SHu payt Migel Rodrigo zalga kirib keldi.

Migel Rodrigo: - Barchadan uzr so'rayman, vaqt borasida biroz xato qilibman. Ertangi o'yinga kelsak Bruno Garsiyani juda yaxshi bilaman. Vetnam bilan ikki marta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. O'sha bahslarda so'nggi daqiqalarda qiyinchilik bilan g'alaba qozondik. SHu bois ertaga oson o'yin kutayotganim yo'q. Vetnam ham bizga muammo tug'dirishga urinadi.

- Vetnamning Tailandga qarshi o'yini haqida nima deya olasiz?
Migel Rodrigo:
- O'yin teng kechdi. Durang bo'layotgan vaqtda katta sahnaga mahoratli futzalchilar chiqishadi. Tailand safida Supxavut shunday ishni bajardi va jamoasiga g'alaba keltirdi. Ertaga Vetnamdan juda katta qarshilik kutayapman.

- Qirg'iziston va Vetnam Eron bilan Yaponiyaga qarshi yutqazib qo'ysa o'zaro to'qnash kelib qolishlari mumkin. Qirg'iziston haqida nima deya olasiz?
Bruno Garsiya:
- Hozir bor etiborim Yaponiya bilan o'yinga qaratilgan. Hali yutqazganimiz yo'q. Agar shunday bo'lsa keyingi matbuot anjumanida Qirg'iziston haqida o'z fikrlarimni bildiraman.

- Tailand bilan bahsda darvozaboningiz ajoyib o'ynadi. Ertaga u maydonga tusha oladimi?
Bruno Garsiya:
- Umid qilaman ertaga barcha eng kuchli o'yinchilarimiz maydonga tushishadi. Darvozabonimiz ham shular qatorida.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика