So’nggi yangiliklar

17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  0 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  1 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  11 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3

Futzal. Xose Mariya Mendez: "Biz zo'rmiz deb o'ylamasligimiz kerak" Yangiliklar

Futzal. Xose Mariya Mendez: "Biz zo'rmiz deb o'ylamasligimiz kerak"

Biroz avval yakuniga etgan bellashuvda futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 terma jamoasi Gongkong yoshlarini 8:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvdan keyin yoshlarimiz bosh murabbiyi Xose Mariya Pazos Mendez fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugungi o'yinga biroz og'irroq kirishdik. O'yinni "uxlab" boshladik. Ikkinchi golni urganimizdan keyin bo'shashdik. Biz zo'rmiz deb o'ylamasligimiz kerak. Guruhda yana ikkita o'yin bor. Aynan ana shu o'yinlarda bizning darajamiz malum bo'ladi. CHunki, keyingi raqiblarimiz kuchliroq.

Biz uchun yomon tomoni, ertaga himoyachimiz Botir Rizaev o'ynamaydi. Livan tarkibida gavdali o'yinchilar bor va ularga qarshi Botirga o'xshagan himoyachilar kerak bizga. Mayli, ertaga g'alaba uchun o'ynaymiz.

- Tashqaridagi juda ham issiq havo yigitlarning o'yiniga tasir qilyaptimi?
- Arenaning ichida kondicioner o'rnatilgani uchun tashqaridagi issiq ichkarida unchalik bilinmaydi. Lekin, namlik bilinadi. Bu noqulaylik hamma uchun bir xil. SHuning uchun ham bu o'zini oqlashga sabab bo'lolmaydi.

- Bizning ertangi raqibimizda juda ham gavdali o'yinchilar ko'p ekan, ular 20 yoshga ham o'xshashmaydi. Livanga qarshi maxsus taktika qo'llaysizmi?
- Yo'q, biz odatdagidek jamoaviy o'yin namoyish etamiz. To'g'ri, ular individual kuchli. Lekin, biz jamoaviy jihatdan yaxshiroqmiz. Jamoa bo'lib o'zimizni kuchli ekanligimizni ko'rsatamiz. Ertaga yanada kuchliroq ekanligimizni namoyish eta olishimiz kerak.


Abdurahmon Fozilov
Bangkok, Tailand

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика